Jamiyat | 17:24 / 01.01.2026
2824
2 daqiqa o‘qiladi

Bobur shahrida rassomlar festivali tashkil etiladi

G‘oliblar prezident sovg‘asi sifatida yengil avtomobil (Chevrolet Onix yoki shu klassdagi boshqa avtomobil), diplom, ramziy haykalcha va pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.

Hukumat qarori bilan “Andijon viloyati Bobur shahrida rassomlar festivalini tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi.

Nizomga ko‘ra, Festival 2026 yildan har 2 yilda 1 marotaba, qoida tariqasida, may oyida o‘tkaziladi.

Festivalda ishtirok etishni istagan nomzodlar 1 fevralgacha tashkilotchilarga quyidagilarni topshiradi:

- ma’lumotnoma (rezyume);

- 3 dona 6x9 o‘lchamdagi rangli fotosurat;

- tasviriy san’at sohasida yetarli tajribaga ega ekanligi, o‘z davlatida yoki boshqa chet elda o‘tkazilgan sohaga oid festivallar va ko‘rgazmalarda ishtirok etganligi to‘g‘risida guvohnoma, diplom, sertifikat nusxalari;

- nomzodning o‘zi ijod qilgan tasviriy san’at yo‘nalishidagi ijodiy asarlarining 10 donadan kam bo‘lmagan sifatli fotosuratlari va ularni yaratish jarayonlari aks ettirilgan videodisk.

Tashkiliy qo‘mita 1 aprelgacha festivalda ishtirok etuvchilarning ro‘yxatini aniqlaydi.

Festival quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha o‘tkaziladi:

- “Gran-pri”;

- “Eng yaxshi rangtasvirchi rassom”;

- “Eng yaxshi haykaltarosh”;

- “Eng yaxshi fotorassom”;

- “Eng yaxshi grafik rassom”.

Festival g‘oliblari prezident sovg‘asi sifatida yengil avtomobil (Chevrolet Onix yoki shu klassdagi boshqa avtomobil), diplom, ramziy haykalcha va pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid