Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Geosiyosatni belgilayotgan neft: dunyo zaxiralari qaysi davlatlarda jamlangan?
Neft hali-hamon jahon iqtisodiyotining eng strategik ahamiyatga ega resurslaridan biri bo‘lib qolmoqda. U transport tizimlarini harakatga keltiradi, sanoat ishlab chiqarishining asosini tashkil etadi va geosiyosat hamda savdo oqimlarini shakllantirishda davom etmoqda. Qayta tiklanuvchi energetika o‘sib borayotganiga qaramay, neft hanuz global energiya ehtiyojlarini ta’minlashda ustuvor o‘rin tutadi.
Foto: REUTERS
Ushbu vizualizatsiyada mamlakatlar 2025 yil holatiga ko‘ra neftning isbotlangan zaxiralari hajmi bo‘yicha tartiblangan. Ma’lumotlar manbai — Neft eksport qiluvchi mamlakatlar tashkiloti (OPeK)ning Annual Statistical Bulletin 2025 hisoboti. Ko‘rsatkichlar neftning isbotlangan zaxiralarini aks ettiradi va milliard barrellarda keltirilgan. Statistikaga an’anaviy xom neft ham, shuningdek bitumli (neftli) qumlar ham kiritilgan.
Birinchi o‘rinda Venesuela — taxminiy zaxirasi 303 milliard barrel. Ammo bu ulkan resursni iqtisodiy va geosiyosiy ta’sirga aylantirish mamlakatga qiyin kechmoqda: AQShning davom etayotgan sanksiyalari, shuningdek Tramp ma’muriyati davrida Venesuelaga tegishli neft yetkazib berishlarning yaqinda musodara qilinishi Nikolas Maduro hukumati uchun neft eksport qilish va o‘z zaxiralarini to‘liq monetizatsiya qilish imkoniyatlarini jiddiy cheklamoqda.

Ikkinchi o‘rinda Saudiya Arabistoni — 267 milliard barrel. Eron, Kanada va Iroq birinchi beshlikni yakunlaydi.
Dunyodagi eng yirik neft zaxiralarining salmoqli qismi OPeK a’zosi bo‘lgan davlatlar qo‘lida, avvalo Yaqin Sharqda jamlangan. Saudiya Arabistoni, Eron, Iroq, Kuvayt va Birlashgan Arab Amirliklari ushbu mintaqaning ustunligini ta’minlovchi asosiy tayanchni tashkil qiladi.
Bu davlatlar qazib olish xarajatlarining pastligi va yirik, oson yetib boriladigan konlar hisobiga yutuqqa ega. Natijada, jahon talabining o‘sishi sekinlashayotgan sharoitda ham, Yaqin Sharqdagi ishlab chiqaruvchilar neftning asosiy yetkazib beruvchilari sifatida qolishi kutilmoqda.
OPeK a’zosi bo‘lmagan mamlakatlar orasida ayniqsa Kanada ajralib turadi: u 163 milliard barrel zaxira bilan dunyoda to‘rtinchi o‘rinni egallaydi. Kanadaning asosiy zaxiralari neftli qumlar hisobiga to‘g‘ri keladi — bu neft manbasini qazib olish qimmatroqqa tushadi va uglerod izi ham yuqoriroq bo‘ladi. Rossiya va AQSh ham neft zaxiralari bo‘yicha dunyodagi yetakchilar o‘ntalik qatoriga kiradi.
Mavzuga oid
12:16 / 25.12.2025
Hindiston neft kompaniyasi RF neftini xarid qilishni qayta tikladi
12:02 / 23.12.2025
Bloomberg: Rossiyaning Urals nefti narxi 34 dollargacha tushib ketdi
23:01 / 15.12.2025
Qozog‘iston O‘zbekistonga neft tranzitini qayta tikladi
10:40 / 03.12.2025