Jamiyat | 12:49
4772
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda yerosti yo‘lida telefon olib qochgan shaxs ushlandi

Toshkentda Shimoliy vokzal yaqinidagi yerosti o‘tish joyida qizning telefonini zo‘rlik bilan tortib olgan shaxs qo‘lga olindi. «Bosqinchilik» moddasi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi. U 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin.

Foto: Toshkent shahar IIBB

Toshkentda dekabr oyi oxirida Shimoliy vokzal hududidagi yer osti o‘tish joyida qizning telefonini zo‘rlik bilan tortib olgan erkak qo‘lga olindi. Bu haqda poytaxt IIBB xabar berdi.

Hodisa 21 dekabr kuni soat 21:00 atrofida sodir bo‘lgan. 21 yoshli qiz o‘tish joyidan o‘tayotganda unga noma’lum shaxs hujum qilib, 500 AQSh dollariga baholangan smartfonini olib qochib ketgan.

Tezkor harakatlar davomida ushbu shaxs qo‘lga olingan. U ilgari o‘g‘irlik uchun sudlangan 26 yoshli Otabek Madumarov bo‘lib chiqdi.

Erkakka nisbatan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 164-moddasi (bosqinchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ushbu jinoyat uchun 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Gumonlanuvchi hibsga olinib, tergov ishlari olib borilmoqda.

IIBB qo‘lga olingan shaxsning harakatlaridan jabrlanganlarni 71−206−42−54 yoki 102 telefon raqamlariga murojaat qilishga chaqirgan.

Mavzuga oid