Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Maduro Karakasda portlashlardan so‘ng safarbarlikka chaqirdi
Venesuela hukumati 2026 yil 3 yanvarga o‘tar kechasi Karakas va bir nechta shtatlarda “harbiy obektlar hamda fuqarolik infratuzilmasi” nishonga olinganini iddao qildi va bunda AQShni aybladi. Rasmiy bayonotda prezident Nikolas Maduro milliy favqulodda holat e’lon qilgani hamda mamlakatning “ijtimoiy va siyosiy kuchlari”ni safarbarlik rejalarini ishga tushirishga chaqirgani aytilgan.
Reuters va AP’ga ko‘ra, Karakasda tungi soatlarda portlashlar, pastdan uchgan samolyotlar shovqini va ayrim hududlarda elektr ta’minoti uzilishi haqida guvohlar xabar bergan; qora tutun harbiy bazaga tegishli hududdan ko‘tarilgani ham aytilgan.
Oq uy va Pentagon hozircha hodisa yuzasidan rasmiy izoh bermagan.
Venesuela hukumati tarqatgan bayonotda “chet el harbiy aralashuvi” rad etilgani, hujumlar Karakasdan tashqari Miranda, Aragua va La-Guayra shtatlarida ham bo‘lgani aytilgan.
AP esa hukumat bu voqealarni “imperialistik hujum” deb atagani va fuqarolarni safarbarlikka chaqirganini yozadi. Maduro milliy mudofaa rejalarini ishga tushirgani va “tashqi tahdid” rejimiga o‘xshash holat e’lon qilingani ham qayd etilgan.
Britaniyaning The Guardian nashri Kolumbiya prezidenti Gustavo Petro “Karakas bombardimon qilinmoqda” degan bayonot berganini yozgan, biroq bu da’vo mustaqil tasdiqlangani haqida aniq dalil keltirmagan.
https://www.reuters.com/world/americas/venezuela-says-it-rejecs-military-aggression-by-us-2026-01-03
Mavzuga oid
14:07 / 14.06.2026
Tramp Venesueladagi narkokartel rahbari o‘ldirilganini e’lon qildi
23:19 / 14.05.2026
Maduro qamoqda 18 kishilik umumiy kamerada o‘tirgani aytildi
21:48 / 12.05.2026
Lukashenko armiyani urushga tayyorlash uchun qo‘shinlarning «maqsadli safarbarligi»ni e’lon qildi
10:19 / 09.05.2026