Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xavfli ob-havo hodisalari bo‘yicha barvaqt ogohlantirish 100 foizga yetkaziladi
“O‘zbekiston–2030” strategiyasi loyihasida iqlim o‘zgarishining salbiy ta’sirini kamaytirish maqsadida xavfli gidrometeorologik hodisalar bo‘yicha barvaqt ogohlantirish tizimini to‘liq qamrovga chiqarish, prognozlar ishonchliligini oshirish, “yashil qoplamalar” barpo etish va buzilgan yerlarni rekultivatsiya qilish kabi qator vazifalar belgilangan.
Loyihada iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq xatarlar — qurg‘oqchilik, cho‘llanish, chang-qum bo‘ronlari va harorat ko‘tarilishi oqibatlarini yumshatish ustuvor yo‘nalish sifatida qayd etilgan. Shu maqsadda gidrometeorologik monitoring va prognozlash sifatini oshirish, qishloq xo‘jaligi uchun agrometeorologik ma’lumotlarni aniqlashtirish hamda tabiiy resurslardan barqaror foydalanish mexanizmlarini kuchaytirish rejalashtirilgan.
Loyihada keltirilgan asosiy maqsadli ko‘rsatkichlar:
- xavfli gidrometeorologik hodisalar to‘g‘risida barvaqt ogohlantirishlar darajasini 100 foizga yetkazish;
- tog‘ daryolari oqimi prognozlarining ishonchliligi darajasini 98 foizga yetkazish;
- cho‘llanish, qurg‘oqchilik, chang-qum bo‘ronlari va harorat ko‘tarilishiga qarshi chora sifatida jami 600 ming gektar maydonda “yashil qoplamalar” — himoya o‘rmonzorlarini barpo etish;
- qishloq xo‘jaligi ekinlarining rivojlanishi va hosildorligi haqidagi agrometeorologik prognozlarning ishonchlilik darajasini 96 foizga yetkazish;
- foydali qazilmalarni qazib olish natijasida buzilgan 6 075 gektar yer maydonlarini rekultivatsiya qilish;
- suvsizlik va qurg‘oqchilikka chidamli, har bir hudud iqlimiga mos ekinlar, meva va uzumning yuqori hosildor navlarini yaratish va hosildorlikni 30–35 foizga oshirish.
Loyihaga ko‘ra, mazkur chora-tadbirlar tabiiy ofatlar xavfini oldindan baholash va aholini o‘z vaqtida xabardor qilish imkoniyatlarini kengaytirish, suv resurslarini boshqarishda prognozlar aniqligini oshirish, hamda qishloq xo‘jaligini iqlim xatarlariga moslashtirishga xizmat qilishi kutilmoqda.
Mavzuga oid
15:45 / 08.06.2026
Sergeli mashina bozorida noqonuniy savdogarlarning rasmi ilib qo‘yildi
18:46 / 06.06.2026
AQShdagi o‘zbekistonliklar ogohlantirildi
11:49 / 20.05.2026
5 ming so‘mlik kolbasalar: ogohlantirish va jarima yetarli chorami?
16:19 / 07.01.2026