Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“AQShga Grenlandiya zarur” - Tramp
Trampning so‘zlariga ko‘ra, bu orol Rossiya va Xitoy kemalari bilan qurshab olingan.
Foto: AP Photo
AQSh prezidenti Donald Tramp AQShga Grenlandiya oroli zarurligini aytdi.
"Grenlandiya bizga judayam kerak", - dedi u Atlantic jurnaliga bergan intervyusida.
Uning qo‘shimcha qilishicha, bu orol "Rossiya va Xitoy kemalari bilan qurshab olingan".
“U bizga mudofaa uchun zarur”, - dedi AQSh prezidenti.
Tramp o‘zini o‘zi boshqaruvchi Grenlandiya AQSh tarkibiga kirishi kerakligini ko‘p aytgan. U bunga orolning strategik ahamiyati va mineral resurslarini asos qilib ko‘rsatadi.
21 dekabr kuni Donald Tramp Luiziana shtati gubernatori Jyeff Lendriyni Grenlandiya bo‘yicha maxsus elchi etib tayinlaganini e’lon qilgandi.
2,1 million kilometr kvadratdan ortiq maydonga ega Grenlandiyaning qariyb 80 foizini muzliklar egallagan. Aholisi 56 ming kishidan ko‘proq. Daniyaning sobiq mustamlakasi bo‘lgan Grenlandiya 2009 yilgi kelishuvga ko‘ra, mustaqillik e’lon qilish huquqiga ega. Biroq hozircha baliqchilik va Daniya subsidiyalariga katta darajada bog‘liq.
Mavzuga oid
22:53 / 27.02.2026
«Men hech narsani ko‘rmadim, yomon ish qilmadim» - Bill Klinton Epshteyn ishi bo‘yicha bayonot berdi
14:49 / 27.02.2026
Axios: Zelenskiy RF bilan urushni yil oxirigacha tugatishga umid qilmoqda
14:22 / 27.02.2026
Epshteyn ishi: Davosdagi forum rahbari iste’foga chiqdi
14:19 / 27.02.2026