Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Anor” va “Chinor” loyihalari: 2,2 ming vatandosh O‘zbekistonga olib kelinadi
“O‘zbekiston–2030” strategiyasi loyihasida Jahon savdo tashkilotiga (JST) to‘laqonli a’zo bo‘lish, shuningdek, xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlarni qo‘llab-quvvatlash va ular bilan doimiy muloqot tizimini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha qator maqsadli ko‘rsatkichlar nazarda tutilgan.
Loyihaga ko‘ra, JSTga a’zo bo‘lish jarayoni doirasida mas’ul vazirlik va idoralar bilan birgalikda milliy qonunchilik hamda huquqni qo‘llash amaliyotini JSTning qoida, me’yor va bitimlariga to‘liq, ya’ni 100 foiz moslashtirish vazifasi belgilangan.
Vatandoshlar bilan ishlash yo‘nalishida esa ma’naviyat-ma’rifat, fan va ta’lim sohalarida vatandoshlar ishtirokida amalga oshiriladigan loyihalar sonini 120 taga yetkazish ko‘zda tutilmoqda. Shuningdek, vatandoshlar jamoat birlashmalariga yetkazib beriladigan badiiy adabiyotlar sonini 150 mingtaga oshirish rejalashtirilgan.
Bundan tashqari, “Anor” loyihasi doirasida 1,2 ming nafar yosh vatandoshlarni, “Chinor” loyihasi orqali esa 1 ming nafar yoshi katta vatandoshlarni O‘zbekistonga olib kelish maqsad qilingan. “Yosh vatandosh yozuvchi” loyihasi doirasida xorijdagi 150 nafar yosh ijodkorni O‘zbekistonga jalb etish ham rejada bor.
Mavzuga oid
15:09 / 07.01.2026
Ishga joylashtirish bo‘yicha hukumatlararo kelishuvlar soni oshiriladi
13:30 / 07.01.2026
Faxriy konsulliklar soni 35 taga yetkazilishi rejalashtirilmoqda
11:04 / 07.01.2026
Advokatlar soni 2000 nafarga oshirilishi rejalashtirilmoqda
18:06 / 05.01.2026