Özbekiston Jahon savdo taşkilotiga (JST) a’zo böliş uçun faqat bir davlat bilan ikki tomonlama muzokarani yakunlaşi kerak. Bu haqda prezidentning JST böyiça vakili Azizbek Urunov ma’lumot berdi. Avvalroq, u bu davlat Tayvan ekanini aytgan edi.

Qayd qilinişiça, 2025 yilda JST a’zosi bölgan 34 davlatdan 33 tasi bilan ikki tomonlama muzokaralar yakunlandi. Jumladan, Yevropa Ittifoqi, Xitoy, Rossiya, Buyuk Britaniya, Şveytsariya, Kanada, Avstraliya va boşqa yirik savdo hamkorlari bilan kelişuvlarga erişildi.

Şuningdek, JST talablariga muvofiq 30 ta normativ-huquqiy hujjat qabul qilindi, jumladan: 4 ta qonun, prezidentning 8 ta farmoni va qarorlari, Vazirlar Mahkamasining 12 ta qarori, 6 ta idoraviy hujjat, qöşimça ravişda 29 ta normativ-huquqiy hujjat loyihasi tayyorlandi.

Ta’kidlanişiça, bojxona tartibotlari, eksport bojlari, savdoni himoya qiliş çoralari, intellektual mulk huquqlarini himoya qiliş, texnik tartibga soliş, sanitariya va fitosanitariya hamda savdodagi texnik tösiqlar (SPS va TBT) sohalarida kompleks islohotlar amalga oşirildi.

Urunovning sözlariga köra, 2026 yil uçun ustuvor vazifalar: Tayvan bilan ikki tomonlama muzokarani yakunlaş, köp tomonlama muzokaralar va Işçi guruh hisobotini tugatiş, qonunçilikni töliq muvofiqlaştiriş va Özbekistonning JST a’zosi böliş jarayonini yakuniga yetkaziş.