Loyihaga köra, fuqarolarning sayohat va harakatlaniş qulayligini oşiriş maqsadida kamida 3 ta davlat bilan ID-kartalar asosida çegaralarni erkin ötiş imkonini beruvçi kelişuvlarga erişiş nazarda tutilmoqda.
Şu bilan birga, Markaziy Osiyo davlatlari bilan özaro tovar ayirboşlaş hajmini 11 milliard dollardan 15 milliard dollarga yetkaziş maqsad qilingan. Bu yönalişda savdo-logistika aloqalarini mustahkamlaş, bozorlarga çiqiş imkoniyatlarini kengaytiriş va özaro kooperatsiyani oşiriş ustuvor vazifa sifatida qayd etilmoqda.
Xalqaro hamkorlik geografiyasini kengaytiriş doirasida esa Özbekistonning xorijda diplomatik vakolatxonalari mavjud bölmagan hududlarda faxriy konsullik institutini joriy etiş va ular sonini 35 taga yetkaziş rejalaştirilgan.
Bundan taşqari, xorijiy kapitalni jalb qilişni qöllab-quvvatlaş maqsadida investorlar uçun 14 ta “gayd-buk” (yöriqnoma/ma’lumotnoma) işlab çiqiş közda tutilmoqda.
















