O‘zbekiston | 08:30 / 08.01.2026
4057
2 daqiqa o‘qiladi

Bir guruh prokuratura xodimlari davlat mukofotlari bilan taqdirlandi

Prezident farmoniga ko‘ra, prokuratura organlarida qonuniylik va huquq-tartibotni mustahkamlash, fuqarolar huquqlarini himoya qilish hamda huquqiy madaniyatni oshirish yo‘lidagi xizmatlari uchun bir qator xodimlar orden va medallar bilan mukofotlandi.

Foto: Kun.uz

2026 yil 5 yanvar kuni «Prokuratura organlari xodimlari kuni munosabati bilan bir guruh xodimlarni mukofotlash to‘g‘risida»gi O‘zbekiston prezidenti farmoni qabul qilindi.

Hujjatda qayd etilishicha, mamlakat prokuratura organlaridagi ko‘p yillik fidokorona mehnati, yurtimizda qonuniylikni va huquq-tartibotni mustahkamlashga qo‘shgan hissasi, fuqarolarning huquq va erkinliklarini, jamiyat va davlatning qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini himoya qilishdagi ibratli faoliyati, huquqbuzarliklarning oldini olish hamda jamiyatimizda huquqiy madaniyatni oshirish, yosh avlodni vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash borasidagi xizmatlari uchun quyidagi xodimlar taqdirlandi:

«Mehnat shuhrati» ordeni bilan

Kalonov Botir Hamzayevich — O‘zbekiston Respublikasi prokuraturasi faxriylarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash jamoatchilik markazi raisi

«Mardlik» ordeni bilan

Yunusov Marat Erkinovich — O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari

«Do‘stlik» ordeni bilan

Razzoqova Gulchehra Narzullayevna — mazkur departamentning Toshkent shahar boshqarmasi katta inspektori

«Jasorat» medali bilan

Zaripov Jamshid Bahodirovich — Jizzax viloyati prokuraturasi bo‘lim boshlig‘i

Mahmudov Murodbek Madiyorovich — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi mas’ul xodimi

«Sodiq xizmatlari uchun» medali bilan

Ahmedov Bahriddin Tojiyevich — Navoiy ixtisoslashtirilgan prokurori o‘rinbosari

Raximov Ural Toshbulovich — Samarqand viloyati Toyloq tumani prokurorining katta yordamchisi

Yunusov Bahodir Xoliyorovich — Surxondaryo viloyati Qiziriq tumani prokurori

«Shuhrat» medali bilan

Gaibbayeva Nigina Toirjonovna — Namangan viloyati prokuraturasi bo‘lim boshlig‘i

Qobulov Dilmurod Qobulovich — Sirdaryo viloyati prokurori o‘rinbosari

Farmonga O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev imzo chekkan.

Mavzuga oid