O‘zbekiston | 16:20 / 08.01.2026
3527
1 daqiqa o‘qiladi

Talabalarni ishga olish qonunga zid emas - vazirlik izoh berdi

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi talabalarni ishga qabul qilish qonunga xilof emasligini ma’lum qildi: talabalarga ishlash bo‘yicha cheklov yo‘q, hatto to‘liq 1 stavkada ishlash ham mumkin. 

Foto: Kun.uz

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi talabalar bandligiga oid eng ko‘p berilgan savollardan biriga — “talabani ishga olish qonunga zidmi?” — degan masalaga aniqlik kiritdi

Vazirlik ma’lum qilishicha, talabalarning ishlashiga hech qanday cheklov yo‘q, zaruratga ko‘ra ular to‘liq 1 stavkada ham ishlashi mumkin. 

Pedagogika yo‘nalishida o‘qiyotgan talabalar 3-kursdan boshlab o‘qishiga xalaqit bermagan holda umumta’lim muassasalarida asosiy ish joyi sifatida pedagoglik faoliyatini amalga oshirishi mumkin. 

Boshqa tashkilotlarda esa talabalar diplomiga muvofiq yoki malaka talab qilinmaydigan ishlarda ishlashi mumkin. 

Mavzuga oid