Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ehtiyojmand oilalarga elektr va gaz bo‘yicha kompensatsiya berilmoqda
2025 yil noyabr oyida 1 mln 161 mingdan ortiq ehtiyojmand oilalarga 1,2 trln so‘m bir martalik moddiy yordam to‘lab berildi. Shuningdek, elektr energiyasi va tabiiy gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’mol uchun kompensatsiya to‘lovlari amalga oshirilmoqda.
Foto: AP
Ehtiyojmand oilalarga elektr energiyasi bo‘yicha oyiga bazaviy me’yordan ortiq 150 kVtgacha va tabiiy gaz bo‘yicha isitish mavsumida 250 kub metrgacha (isitish mavsumida bo‘lmagan oylar uchun 150 kub metr) ortiq foydalanilgan qismi uchun bazaviy me’yor doirasidagi hamda bazaviy me’yoridan oshgan narxlar o‘rtasidagi farq kompensatsiya qilib berilmoqda.
2025 yil 1 maydan boshlab elektr energiyasi va tabiiy gaz iste’moli bo‘yicha bazaviy me’yoridan ortiq iste’mol qilgan 562,9 ming nafar ehtiyojmand oilaga 41,6 mlrd so‘m kompensatsiya pul to‘lovlari to‘lab berildi. Shundan, elektr energiyasi uchun 30,0 mlrd so‘m, tabiiy gaz uchun esa 11,6 mlrd so‘m ajratilgan.
Ma’lumot uchun, 2024–2025 yilgi isitish mavsumida elektr energiyasi va tabiiy gaz iste’moli bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’mol qilgan 207 962 nafar ehtiyojmand oilaga 23,3 mlrd so‘m kompensatsiya pullari to‘lab berilgan.
Shuningdek, 2025 yil noyabr oyida 1 mln 161 mingdan ortiq ehtiyojmand oilalarga 1,2 trln so‘m bir martalik moddiy yordam to‘lab berildi.
Mavzuga oid
21:04 / 10.03.2026
Yil boshidan buyon 11 ta yangi tabiiy gaz qudug‘i ishga tushirildi
14:06 / 10.03.2026
Yaqin Sharqdagi urush: Yevropada gaz narxlari yana oshdi
12:02 / 10.03.2026
Putin Yevropaga Rossiyadan yana neft va gaz sotib olishni taklif qildi
03:13 / 09.03.2026