Jamiyat | 10:23 / 10.01.2026
2139
1 daqiqa o‘qiladi

Bo‘stonliqda qurilish chuqurligiga tushib ketgan fuqaro qutqarildi

Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida qurilish ishlari uchun qazilgan chuqurlikka ehtiyotsizlik oqibatida tushib ketgan fuqaro FVV qutqaruvchilari tomonidan sog‘-salomat chiqarib olindi. Unga voqea joyida birinchi yordam ko‘rsatildi.

Foto: Videodan kadr

Kecha, 9 yanvar kuni soat 15:20 larda Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumani «Markaziy» MFY hududidagi qurilish maydonida fuqaro qazilgan chuqurlikka tushib ketgani haqida FVBBga xabar kelib tushdi.

Ma’lum qilinishicha, mazkur chuqurlik qurilish ishlari uchun oldindan qazilgan bo‘lib, fuqaro ehtiyotsizlik oqibatida unga tushib ketgan. Xabar tushgan zahoti qutqaruv guruhi belgilangan manzilga yetib borgan va qutqaruv anjomlari hamda maxsus vositalardan foydalangan holda fuqaroni xavfsiz tarzda chuqurlikdan chiqarib olgan.

Qutqaruvchilar tomonidan jabrlanuvchiga voqea joyining o‘zida birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilib, ahvoli nazoratga olingan. Hozirda fuqaroning ahvoli yaxshi ekani bildirilmoqda.

FVV aholini qurilish maydonlari hamda xavfli hududlarda xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya qilishga, qazilgan chuqurliklar atrofida esa ehtiyotkorlikni oshirishga chaqirdi.

Mavzuga oid