Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Mening maktabim» loyihasida ovoz berish bosqichi boshlandi
Ovoz berish bosqichi 11 yanvardan 20 yanvar soat 23:59 ga qadar davom etadi.
Foto: CC0
«Mening maktabim» loyihasining 2025/2026 o‘quv yilidagi 2-bosqichi doirasida ovoz berish bosqichi boshlandi.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi axborot xizmatining ma’lum qilishicha, ovoz berish bosqichi 11 yanvardan 20 yanvar soat 23:59 ga qadar davom etadi.
2025 yil 15–24 dekabr kunlari loyihalar shakllantirilgan, 25 dekabrdan 10 yanvargacha esa saralab olindi.
«Mening maktabim» loyihasida 5-sinfdan 11-sinfgacha bo‘lgan har bir o‘quvchi o‘zi ta’lim olayotgan umumta’lim maktabiga doir loyihalarni ilgari surishi hamda ushbu loyihalarga ovoz berishi mumkin.
O‘quvchilar «Ochiq budjet» portali orqali quyidagi usullardan foydalangan holda o‘z loyihalarini ilgari surishi mumkin:
- avtomatik tarzda — loyiha namunalari orasidan o‘ziga yoqqan loyihani tanlash orqali;
- mustaqil ravishda — taqdim etilgan loyiha namunalari orasida mavjud bo‘lmagan loyihalarni yangidan shakllantirish orqali.
Mavzuga oid
14:24 / 08.01.2026
Noqulay iqlim sharoiti uchun ustama: qaysi hududlarda va qancha?
14:47 / 30.12.2025
2026 yil budjeti ijrosi bo‘yicha chora-tadbirlar tasdiqlandi
14:20 / 30.12.2025
Ijtimoiy soliq tushumlarini taqsimlash miqdorlari belgilandi
08:36 / 27.12.2025