Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eron hukumati namoyishlarni to‘liq nazoratga olganini ma’lum qildi
Shuningdek, Tehron AQSh va Isroilning mamlakatdagi so‘nggi voqealarga aloqadorligi haqida ko‘plab dalillarga ega ekanini ta’kidladi.
Foto: Getty images
Eron hukumati mamlakatdagi norozilik namoyishlari bilan bog‘liq vaziyatni nazorat qilmoqda. Bu haqda Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi ma’lum qildi, deb xabar berdi Sky News.
Uning so‘zlariga ko‘ra, mamlakatdagi umummilliy norozilik namoyishlari endi «to‘liq nazoratga olingan».
Aroqchi so‘zlariga ko‘ra, Tehron AQSh va Isroilning mamlakatdagi so‘nggi voqealarga aloqadorligi haqida ko‘plab dalillarga ega.
«Bizda AQSh va Isroilning Eronda so‘nggi kunlardagi terrorchilik harakatlariga aloqadorligi haqida ko‘plab hujjatlar va dalillar mavjud», dedi u.
Xususan, vazir AQSh sobiq davlat kotibi Mayk Pompeoning izohlariga ishora qildi. Aroqchining aytishicha, u «Mossad agentlari tartibsizliklar ishtirokchilari bilan birga bo‘lgani va ushbu terrorchilik harakatiga rahbarlik qilganini» tan olgan.
Eron TIV rahbari, shuningdek, G‘arb hukumatlarini tanqid qilib, ular terrorchilarni emas, Eron politsiyasini qoralayotganini aytdi.
Dekabr oyi oxiridan beri Eronda keng ko‘lamli norozilik namoyishlari davom etmoqda. Aksiya ishtirokchilari siyosiy rejimni o‘zgartirishni talab qilmoqda. HRANA inson huquqlari tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, kamida 544 kishi halok bo‘lgan. Mamlakat rasmiylari norozilik namoyishlarini tashkillashtirishda AQSh va Isroilni aybladi.
Mavzuga oid
15:21 / 12.01.2026
15 mingdan ortiq o‘zbekistonlik AQShga bordi - safarlar maqsadi bo‘yicha taqsimot
13:30 / 12.01.2026
Shvetsiya bosh vaziri AQShning Grenlandiyani egallab olish tahdidlarini tanqid qildi
09:18 / 12.01.2026
Tramp: Eron rahbarlari muzokara olib borishni istayapti
09:15 / 12.01.2026