Sport | 22:33 / 12.01.2026
11186
1 daqiqa o‘qiladi

Rasman: Alonso «Real» murabbiyligidan ketdi. Yangi murabbiy ham e’lon qilindi

Foto: Getty Images

«Real Madrid» jamoa bosh murabbiyi Xabi Alonso bilan o‘zaro kelishgan holda shartnomani bekor qildi. Ispaniyalik mutaxassis «Real»ni 2025 yil yozidan buyon boshqarib kelayotgan edi. 

«Bizning jamoamiz Xabi Alonso va uning murabbiylar shtabidan ularning mehnati va o‘z ishiga sadoqati uchun minnatdorlik bildiradi va faoliyatining keyingi bosqichida muvaffaqiyat tilaydi», — deyiladi klub rasmiy saytida. 

Foto: Getty Images 

Jamoaning yangi murabbiyi sifatida hozirda «Real Madrid Kastilya»ni boshqarayotgan Alvaro Arbeloa ish olib boradi. Ispaniyalik himoyachi 2009–2016 yillar oralig‘ida “qirollik klubi” sharafini himoya qilib, barcha musobaqalarda 238 ta rasmiy uchrashuvda maydonga tushib, jamoa bilan 8 ta sovrinni qo‘lga kiritgan. 

Mavzuga oid