Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Zohid Karayev «O‘zbekneftgaz» raisi o‘rinbosari etib tayinlandi
Adliya katta maslahatchisi Zohid Karayev «O‘zbekneftgaz» AJ boshqaruv raisining komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Foto: O‘zbekneftgaz
«O‘zbekneftgaz» AJ rahbariyatida yangi tayinlov amalga oshirildi. Kompaniya ma’lumotiga ko‘ra, adliya katta maslahatchisi Zohid Karayev Boshqaruv raisining komplayens hamda korrupsiyaga qarshi ichki nazorat yo‘nalishi bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlangan.
Ma’lum qilinishicha, mazkur lavozim doirasida komplayens talablariga rioya etilishini ta’minlash, ichki nazorat mexanizmlarini kuchaytirish, korrupsiya xavf-xatarlarini oldini olish va korporativ boshqaruvda shaffoflikni oshirishga qaratilgan ishlar muvofiqlashtiriladi.
Zohid Karayev tayinlovga qadar Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Toshkent shahar boshqarmasi rahbari lavozimida faoliyat yuritib kelgan.
Tayinlov haqidagi rasmiy ma’lumot «O‘zbekneftgaz» AJning telegram kanalida e’lon qilingan.
Mavzuga oid
17:57 / 12.01.2026
Prezident «O‘zbekneftgaz»ga kunlik gaz qazib chiqarish hajmini oshirishni buyurdi
18:54 / 30.12.2025
Surxondaryo viloyatining yana ikki tumaniga yangi hokim tayinlandi
15:49 / 30.12.2025
Qumqo‘rg‘on tumaniga ham yangi hokim tayinlandi
14:29 / 30.12.2025