Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mayya Sandu Moldovaning Ruminiyaga qo‘shilishini qo‘llab-quvvatlashga tayyor
Moldova prezidenti Mayya Sandu agar bunday masala bo‘yicha referendum o‘tkazilsa, o‘z mamlakati Ruminiyaga qo‘shilishi uchun ovoz berishga tayyorligini bildirdi. U bu pozitsiyasini Moldovadagi demokratiyani Rossiya tomonidan bo‘layotgan bosimdan himoya qilish istagi bilan izohladi.
Mayya Sandu Foto: Elena Covalenco
Moldova prezidenti Mayya Sandu referendum o‘tkazilgan taqdirda, o‘z mamlakati NATO va YeI a’zosi bo‘lgan Ruminiyaga qo‘shilish tarafdori sifatida ovoz berishga tayyor ekanini aytdi. Davlat rahbari o‘z pozitsiyasini mamlakatni Rossiya tomonidan bo‘layotgan bosimdan himoya qilish istagi bilan asosladi. “Agar bizda referendum bo‘lsa, men Ruminiya bilan birlashish uchun ovoz beraman”, — deya ta’kidladi u 11 yanvar, yakshanba kuni e’lon qilingan The Rest is Politics nomli britan podkastiga bergan intervyusida.
Sandu bugungacha ham bir necha bor Moskvani o‘z mamlakatining ichki siyosiy ishlariga aralashishga urinishlarda ayblagan. “Dunyoda nimalar bo‘layotganiga qarang. Moldova kabi kichik mamlakat uchun demokratiya sifatida, suveren davlat sifatida yashab qolish va, albatta, Rossiyaga qarshi tura olish tobora qiyinlashib bormoqda”, — dedi u podkastda.
Reuters agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, Moldovaning 2,4 million aholisining taxminan 1,5 millioni Ruminiya fuqaroligiga ega. Biroq so‘rovlar ko‘rsatishicha, mamlakat aholisining faqat taxminan uchdan bir qismi ikki mamlakatning birlashishi g‘oyasini qo‘llab-quvvatlaydi.
Mayya Sandu ta’kidlashicha, u aholining ko‘pchiligi uning yondashuvini qo‘llab-quvvatlamasligini tushunadi. Uning qo‘shimcha qilishicha, Moldovaning Yevropa Ittifoqiga qo‘shilishi — ancha realistik ssenariy.
Moldovaning hozirgi hukumati o‘z oldiga mamlakatni 2030 yilgacha Yevropa Ittifoqiga a’zo qilish maqsadini qo‘ygan. Biroq buning uchun Kishinyov bir qator murakkab islohotlarni amalga oshirishiga to‘g‘ri keladi.
Mavzuga oid
11:20 / 17.12.2025
Moldova Kishinyov aeroportidagi «Lukoyl» terminalini musodara qiladi
09:42 / 29.11.2025
Ruminiya mudofaa vaziri rezyumesidagi yolg‘on ma’lumotlar sabab ishdan ketdi
12:49 / 13.11.2025
Ruminiya prezidenti “Lukoyl” NQZ vaqtincha davlat nazoratiga o‘tkazilishini inkor etmadi
12:53 / 08.11.2025