Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Norvegiya Ukrainaga 340 mln yevro yordam ajratmoqda
Norvegiya Ukrainaga ajratayotgan 340 mln yevro mablag‘lar mamlakatning energetika sektori va davlat budjeti qo‘llab-quvvatlanishiga yo‘naltiriladi, deb xabar qildi Kiyevga kelgan Norvegiya TIV rahbari Espen Bart Eyde.
Andrey Sibixa va Espen Bart Eyde Foto: regjeringen.no
Norvegiya Ukrainaga 340 mln yevro miqdoridagi shoshilinch yordam paketini ajratmoqda. Bu haqda skandinav qirolligi tashqi ishlar vaziri Espen Bart Eyde dushanba kuni, 12 yanvarda Kiyevga tashrifi chog‘ida ma’lum qildi.
Norvegiya hukumati shu kuni e’lon qilgan matbuot relizida aytilishicha, ushbu mablag‘lar energetika sektorini qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltiriladi va Ukrainaning “fuqarolar uchun muhim xizmatlarni ta’minlashi”ga ham yordam beradi. Norvegiyaning NRK mediakompaniyasi xabar berishicha, gap, xususan, o‘qituvchilar, tibbiyot xodimlari va davlat xizmatchilariga ish haqi to‘lash, shuningdek pensiyalar va ijtimoiy yordamlarni moliyalashtirish haqida ketmoqda. Ta’kidlanishicha, mazkur yo‘nalishlar Norvegiya uchun Ukrainaga yordam ko‘rsatishda ustuvor hisoblanadi va Kiyev avvalroq aynan shu sohalarda Oslodan qo‘llab-quvvatlov so‘ragan.
“Norvegiya va xalqaro hamjamiyat tomonidan fuqarolik yordami Ukraina jamiyati aholi uchun energetika, infratuzilma, sog‘liqni saqlash va ta’lim kabi bazaviy xizmatlarni saqlab turishi uchun zarur”, — deb iqtibos keltiradi NRK o‘z saytida Norvegiya bosh vaziri Yonas Gar Styorening bayonotini.
O‘z navbatida, qirollik tashqi ishlar vaziri Espen Bart Eyde Ukraina poytaxtidagi matbuot anjumanida chiqish qilar ekan, “Ukraina infratuzilmasiga juda ko‘p zarbalar berilmoqda”, deb eslatdi. “Shuning uchun frontdan uzoqda bo‘lgan oddiy odamlar ham elektr uzilishining oqibatlarini o‘z boshidan kechiryapti. Ular elektr ta’minotini tiklashda juda yaxshi ish qilyapti, ammo buning uchun ularga yordam kerak”, — deya ta’kidladi norvegiyalik vazir.
O‘z navbatida, Ukraina tashqi ishlar vaziri Andrey Sibixa norvegiyalik hamkasbining tashrifini izohlar ekan, ikki mamlakat o‘rtasidagi ittifoqchilik munosabatlarining ahamiyatini ta’kidladi.
Ukraina diplomatiyasi rahbari X mikroblogiga yozishicha, Espen Bart Eyde bilan uchrashuvda u Ukraina va Norvegiyaning o‘zaro manfaatli hamkorligi, Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushida tinchlikka erishish bo‘yicha sa’y-harakatlar, shuningdek, mamlakat mudofaasi va barqarorligi masalalarini muhokama qilishni rejalashtirmoqda.
Mavzuga oid
13:02
Ukraina litiy qazib olish huquqlarini amerikalik investorlarga berdi
10:43
Rossiyaning Ukrainaga zarbalari: Xarkivda kamida ikki kishi halok bo‘ldi
19:15 / 12.01.2026
Buyuk Britaniya Ukraina uchun yangi ballistik raketa ishlab chiqadi
18:18 / 12.01.2026