Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev Chirchiq aviatsiya ta’mirlash zavodi faoliyati bilan tanishdi
Davlat rahbariga Su-25 harbiy samolyotlarini kapital ta’mirlash va chuqur modernizatsiya qilish bo‘yicha yangilangan sexlari taqdimot etildi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Chirchiq aviatsiya ta’mirlash zavodiga tashrif buyurdi va keng ko‘lamli modernizatsiya natijalari hamda uning yangi yuqori texnologik bo‘linmalari faoliyati bilan tanishdi.
Zavod negizida MDH va mintaqada yagona bo‘lgan Airbus vertolyotlariga texnik xizmat ko‘rsatish markazi ishga tushirilgan. Markaz Fransiyaning Airbus kompaniyasi tomonidan rasmiy sertifikatsiyadan o‘tkazilgan bo‘lib, ishlab chiqarish yuqori saviyada tashkil etilgani, xalqaro standartlar va ishlab chiqaruvchi tomonidan belgilangan talablarga muvofiqligi tasdiqlangan. Bu yerda G‘arb aviatexnikasining zamonaviy modellari, shu jumladan, H-125, H-215 va H-130 rusumli vertolyotlar uchun servis va ta’mirlash ishlarining to‘liq zanjiri yo‘lga qo‘yilgan.

Ta’kidlanishicha, markaz O‘zbekistonni Airbus vertolyotlariga texnik xizmat ko‘rsatish va ularni ekspluatatsiya qilish bo‘yicha muhim mintaqaviy xabga aylantirish imkonini beradi.
Prezident markaz imkoniyatlari bilan tanishdi va mutaxassislar bilan muloqot qildi. Mirziyoyevga Su-25 harbiy samolyotlarini kapital ta’mirlash va chuqur modernizatsiya qilish bo‘yicha yangilangan sexlari taqdimot etildi. Ilg‘or texnologiyalarni joriy qilish hisobiga endi korxonada texnikani zamonaviy navigatsiya tizimlari, tungi ko‘rish qurilmalari va bortdagi o‘zini himoya qilish komplekslari bilan jihozlash ishlari amalga oshirilmoqda.

Davlat rahbari tashrif yakunida mamlakat mudofaa sanoati salohiyatini yanada mustahkamlash bo‘yicha topshiriqlar berdi.
Mavzuga oid
19:15
Prezident harbiy poligonga borib, mashg‘ulotlarni kuzatdi (foto)
15:51
«Zamonaviy urush tabiati tubdan o‘zgardi» – prezident Xavfsizlik kengashi yig‘ilishida
17:57 / 12.01.2026
Prezident «O‘zbekneftgaz»ga kunlik gaz qazib chiqarish hajmini oshirishni buyurdi
11:23 / 08.01.2026