Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Apple Siri’ni Google’ga topshirdi
Apple Siri’ni yangi bosqichga olib chiqish uchun Google bilan hamkorlik qildi. Endi Gemini sun’iy intellekti Siri va Apple Intelligence’ning asosiga aylanadi. Buning uchun Apple Google’ga har yili taxminan 1 milliard dollar to‘laydi.
Gemini’ning asosiy ustunligi uning aqlliroq va universalroq ekanida. U matn, kod, rasm, ovoz va videoni bir vaqtning o‘zida tushuna oladi. Shu sababli Siri oddiy savollardan tashqari murakkab topshiriqlarni ham yaxshiroq bajaradi.

Apple foydalanuvchi maxfiyligini saqlab qolishni davom ettiradi. Barcha so‘rovlar Apple’ning himoyalangan buluti orqali qayta ishlanadi. Google foydalanuvchilarning shaxsiy ma’lumotlariga to‘g‘ridan to‘g‘ri kirish imkoniga ega bo‘lmaydi.
Chat GPT ham Siri’da qoladi. U ensiklopedik bilim talab qiladigan savollar uchun ishlaydi. Gemini esa asosiy sun’iy intellekt sifatida ko‘p so‘rovlarni qayta ishlaydi.
Bu kelishuv Google’ning sun’iy intellekt bozoridagi pozitsiyasini kuchaytiradi. Apple esa Microsoft va Amazon kabi raqobatchilarga yetib olish uchun katta qadam qo‘ymoqda.
Texnologiyalar tez o‘zgarayotgan bugungi kunda eng so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘lish muhim. Raqamli dunyoda adashib qolmaslik va shunday yangiliklarni birinchilardan bilish uchun KUN.UZ Texnologiya Telegram sahifasini kuzatib boring.
Mavzuga oid
21:49 / 12.01.2026
Apple 2025 yilda smartfonlar bozorida jahon yetakchisiga aylandi
22:41 / 18.12.2025
Apple 2026 yilda iPhone Pro dizaynini tubdan o‘zgartiradi
14:03 / 17.12.2025
iMac Pro qaytmoqda: nimalar ma’lum va nimani kutish mumkin?
18:17 / 15.12.2025