Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2026 yilda dunyodagi eng boy odamlar reytingi
Sayyoradagi eng boy yigirma insonning umumiy boyligi - taxminan 3,8 trillion dollar - aksariyat mamlakatlarning yalpi ichki mahsuloti (YaIM)dan ham yuqori.
Foto: Neil Jamieson / Forbes
Bundan tashqari, 2020 yildan beri bu boyliklar hayratlanarli darajada tez sur’atlarda o‘sib kelmoqda. O‘sha paytda dunyodagi eng boy inson Jyeff Bezos bo‘lib, uning kapitali 145 milliard dollarni tashkil etgan. Bugun esa Ilon Maskning boyligi bu raqamdan qariyb besh barobar yuqori.
Ushbu infografikada Forbes ma’lumotlari asosida 2026 yildagi dunyodagi eng boy odamlar ko‘rsatilgan. 714,2 milliard dollarlik kapitali bilan Ilon Mask tarixda 700 milliard dollar chegarasidan o‘tgan birinchi insonga aylandi.
2020 yildan beri Maskning boyligi aql bovar qilmas sur’atlarda o‘sib, qariyb 30 barobarga ortgan. Uning boyligining eng yirik manbalaridan biri — SpaceX kompaniyasidagi ulushi bo‘lib, kompaniya hozirgi bahosi 800 milliard dollar bo‘lgan sharoitda mazkur ulush qiymati 366 milliard dollarga teng. 2026 yilda kompaniya aksiyalari ehtimoliy ommaviy joylashtirilishi (IPO) amalga oshsa, uning kapitalizatsiyasi 1,5 trillion dollargacha o‘sishi mumkin.
Google hamta’sischisi Larri Peyj 257,7 milliard dollar boylik bilan ikkinchi o‘rinni egallaydi. 2025 yilda Alphabet aksiyalari 63 foizga qimmatlashgani uning shaxsiy boyligini sezilarli oshirgan.
Reytingdan ko‘rinishicha, Nvidia bosh direktori Jyensen Xuang 162,5 milliard dollar kapitaliga ega bo‘lib, dunyoda sakkizinchi o‘rinda turadi. So‘nggi yetti yilda Nvidia aksiyalari 4200 foizdan ortiq ko‘tarilgani tufayli, Xuang yigirma nafar eng boy milliarder orasida boylik o‘sish sur’ati eng tez bo‘lganlardan biri sifatida ajralib turdi.
Solishtirish uchun, Bill Geytsning boyligi 2020 yildan beri deyarli o‘zgarmagan. O‘sha yili u dunyodagi ikkinchi eng boy inson edi, biroq shundan beri 18-o‘ringa tushib ketgan. Buning asosiy sabablaridan biri — u o‘nlab milliard dollar mablag‘ni Bill va Melinda Geyts jamg‘armasiga o‘tkazgani va katta miqdordagi mablag‘larni xayriya maqsadlariga yo‘naltirganidir.
Mavzuga oid
07:34 / 03.01.2026
Zamonaviy dunyo zaif nuqtalari: 6 yillik global risklar reytingi
08:02 / 31.12.2025
Reyting: so‘nggi besh yilda eng ko‘p sotilgan videoo‘yinlar
07:38 / 27.12.2025
Shaharlar kengayyapti: 2025 yilda eng yirik megapolislar reytingi
07:30 / 24.12.2025