Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mahkumlarga masofali video-uchrashuvdan foydalanish huquqi berildi
Endi mahkum o‘z shaxsiy mablag‘i hisobidan to‘lanadigan, 15 daqiqa davom etadigan 1 marta masofali video-uchrashuv yoki telefon orqali so‘zlashish huquqiga ega bo‘ldi.
Jinoyat-ijro kodeksiga mahkumlar huquqiga oid o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi, deb xabar berdi Adliya vazirligi.
Qayd qilinishicha, ozodlikdan mahrum etilgan mahkumlarning masofali video-uchrashuvdan foydalanish huquqini belgilashni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilgan.
Endi mahkum o‘z shaxsiy mablag‘i hisobidan to‘lanadigan, 15 daqiqa davom etadigan 1 marta masofali video-uchrashuv yoki telefon orqali so‘zlashish huquqiga ega bo‘ldi.
Ilgari mahkumning faqatgina 15 daqiqa davom etadigan 1 marta telefon orqali so‘zlashish huquqiga egaligi belgilangan edi.
Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan (15 yanvardan) kuchga kirdi.
Mavzuga oid
08:31 / 19.07.2025
Og‘ir kasallikka chalingan mahkumlarni ozod qilish qoidalariga o‘zgartirish kiritiladi
19:46 / 28.03.2025
Shavkat Mirziyoyev jazo muddatini o‘tayotgan 488 nafar shaxsni afv etdi
20:08 / 21.03.2025
Turkmaniston prezidenti «Qadr kechasi» munosabati bilan 321 nafar mahbusni afv etdi
21:24 / 19.02.2025