Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kiyevda yuzlab ko‘p qavatli uylar issiqlik va svetsiz qoldi (fotolar)
Shahar meri Vitaliy Klichko bunaqasi urush boshidan buyon bo‘lmaganini aytmoqda. Ko‘chada havo harorati –19 darajagacha tushgan.
9 yanvarga o‘tar kechasi Rossiya qo‘shini Kiyev bo‘ylab navbatdagi marta yopirilma zarbalar yo‘lladi, shundan keyin shaharda issiqlik, elektr va ichimlik suv ta’minoti bo‘yicha vaziyat keskin yomonlashdi. O‘sha kuni Ukraina poytaxti meri Vitaliy Klichko shahardagi ko‘p kvartirali uylarning qariyb yarmi – olti mingga yaqin uylar issiqliksiz qolganini aytib, bu hududlarda yashovchi kiyevliklarni imkon qadar shahardan ketishga chaqirdi.
Shu haftada Kiyevda kuchli sovuq boshlandi. Muzlash va noqulay ob-havo tufayli tiklash va ta’mirlash bilan shug‘ullanuvchi mutaxassislarda qo‘shimcha qiyinchiliklar yuzaga kelgan. Ukrainaning DTEK energetika kompaniyasi svet bilan bog‘liq vaziyatni «butun qish davomidagi eng murakkabi» deb atadi.
Oradan besh kun o‘tib, 14 yanvar kuni Klichko Kiyevdagi vaziyat hamon «juda murakkab» ekanini aytdi. «Bunaqasi keng ko‘lamli urushning to‘rt yili ichida birinchi marta bo‘lmoqda», – deb yozdi u. O‘sha paytda shaharda, uning so‘zlariga ko‘ra, 400 ga yaqin ko‘p qavatli uylar issiqliksiz qolgandi. Mer Kiyevning Dnipro daryosi o‘ng sohilida joylashgan qismida issiqlik ta’minoti bilan bog‘liq vaziyat nisbatan barqaror ekanini aytib, chap qirg‘oqdagi vaziyatni murakkabroq deb baholagan.
Ukrainaning Energetika tadqiqotlari markazi direktori Aleksandr Xarchenko ham Kiyevda butun urush davomida energetika bilan bog‘liq bunday murakkab vaziyat bo‘lmaganini ta’kidlagan. «Dunyoda hech qachon – 15 darajadagi haroratda markaziy isitish tizimi mavjud bo‘lgan shaharga hujum qilinib, u vayron qilinmagan», – degan u.
Volodimir Zelenskiy 14 yanvar kuni o‘tkazilgan yig‘ilishda Ukraina energetika tizimida favqulodda holat rejimi joriy etilishi, hukumat esa sovuq payt uchun komendantlik soati qoidalarini qayta ko‘rib chiqishini ma’lum qildi. «Odamlarda qo‘llab-quvvatlash punktlaridan maksimal darajada foydalanish imkoniyati bo‘lishi, biznes esa energiya tizimidagi vaziyatni hisobga olgan holda ishni rejalashtirish imkoniyatiga ega bo‘lishi kerak», – deya qo‘shimcha qildi Ukraina prezidenti.
Shu bilan birga, Zelenskiy Kiyev ma’muriyati energetikadagi murakkab vaziyatga tayyorgarlik ko‘rish uchun boshqa hududlarga qaraganda ancha kam ish qilganini afsus bilan ta’kidladi. Klichko esa unga javoban, prezidentning bunday bayonotlari «minglab odamlar, mutaxassislarning fidokorona mehnatini yo‘qqa chiqarishi», ular odamlarga svet va issiqlikni qaytarish uchun kecha-yu kunduz ishlayotganini ta’kidladi.
Mavzuga oid
21:32 / 16.01.2026
Ukrainada yangi korrupsion mojaro. Nishonda – Timoshenko
20:49 / 16.01.2026
Amerika investitsiya fondi Rossiya imperiyasi qarzlari bo‘yicha Rossiyadan 225 milliard dollar talab qildi
13:40 / 16.01.2026
Ukraina Bosh prokuraturasi Leonid Volkovga nisbatan ish ochdi
08:24 / 16.01.2026