Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston olmasi eksportida asosiy ulush ikki davlat hissasiga to‘g‘ri keldi
2025 yilning yanvar–noyabr oylarida O‘zbekiston 11 ta xorijiy davlatga qiymati 13,2 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan 25,5 ming tonna olma eksport qilgan.
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan yilning yanvar–noyabr oylarida O‘zbekiston tomonidan 25,5 ming tonna olma eksport qilinib, eksport qiymati 13,2 mln AQSh dollarini tashkil etgan. Ta’kidlanishicha, ushbu mahsulot 11 ta davlatga yetkazib berilgan.
Mazkur davrda O‘zbekiston eng ko‘p olma eksport qilgan davlatlar quyidagilar:
- Qozog‘iston — 12,2 ming tonna;
- Rossiya — 11,3 ming tonna;
- Qirg‘iziston — 1,3 ming tonna;
- Iroq — 204 tonna;
- Turkmaniston — 167,4 tonna;
- boshqa davlatlar — 283,5 tonna.
Ma’lumotlarga ko‘ra, eksport hajmida Qozog‘iston va Rossiya asosiy ulushni tashkil etgan.
Mavzuga oid
12:34 / 15.01.2026
O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlari Iroqqa eksport qilinadi
14:00 / 05.01.2026
Suriyaga o‘zbek mahsulotlarini eksport qilish boshlanadi
11:30 / 05.01.2026
O‘zbekiston to‘qimachilik eksportida tayyor mahsulotlar yetakchi bo‘ldi
08:59 / 30.12.2025