Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston yashash uchun eng arzon davlatlar qatoriga kirdi
Numbeo portali ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda xarajatlarning deyarli barcha asosiy toifalari bo‘yicha narxlarning nisbatan past darajasi qayd etilgan.
Foto: changeinuzbekistan.com
O‘zbekiston dunyodagi yashash uchun eng arzon davlatlar qatoriga kirdi. Numbeo xalqaro tahliliy platformasi tomonidan e’lon qilingan reyting ma’lumotlari shundan dalolat beradi.
Tadqiqot natijalariga ko‘ra, respublika 155 ta davlat orasida 138-o‘rinni egalladi (o‘rin qanchalik past bo‘lsa, yashash darajasi ham shuncha arzon). O‘zbekistonda yashash qiymati indeksi 27,3 punktni tashkil etdi, bu dunyodagi eng past ko‘rsatkichlardan biri.
Reytingni tuzishda taqqoslash bazasi sifatida Nyu-York (AQSh) qabul qilingan, bu yerda narx darajasi shartli ravishda 100 punktga teng. Indeks qanchalik past bo‘lsa, mamlakatda yashash shunchalik arzon bo‘ladi. Hisob-kitobga uy-joy ijarasi, kommunal xizmatlar, oziq-ovqat, restoran xarajatlari va aholining xarid qobiliyati kiritilgan.
Numbeo ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda narxlarning past darajasi xarajatlarning deyarli barcha asosiy toifalari bo‘yicha qayd etilgan.
Yashash qiymati indeksi (narxlarning umumiy darajasi) - 27,3 punkt.
- Uy-joy ijarasi indeksi 12,2 punkt bo‘lib, bu ijaraning nisbatan arzonligini ko‘rsatadi;
- Uy-joy ijarasini hisobga olgan holda yashash qiymati indeksi - 20,6 punkt.
- Oziq-ovqat narxlari indeksi - 30,1 punkt.
- Restoran va kafelardagi narxlar indeksi – 23 punkt.
- Aholining xarid qobiliyati indeksi - 47,8.
Shunday qilib, O‘zbekiston ham asosiy tovarlar, ham xizmatlar narxi past mamlakat bo‘lib qolmoqda. Shu bilan birga, xarid qobiliyati ko‘rsatkichi aholining cheklangan daromadlarini ko‘rsatadi.
Markaziy Osiyo mamlakatlari global ro‘yxatning quyi qismida - yashash qiymati eng past bo‘lgan davlatlar qatorida:
- Qozog‘iston - 128-o‘rin (yashash qiymati indeksi - 29,8);
- Tojikiston - 136-o‘rin (27,9);
- O‘zbekiston - 138-o‘rin (27,3);
- Qirg‘iziston - 140-o‘rin (27,3).
- Turkmaniston bo‘yicha ma’lumot yo‘q.
Reytingda yashash uchun eng qimmat mamlakatlar Bermuda, Kayman va Virjiniya orollari deb topilgan. Yashash qiymati eng past bo‘lgan davlatlar qatoriga Pokiston, Hindiston va Liviya kiradi.
Yashash qiymatining arzonligi har doim ham yuqori farovonlikni anglatmaydi. Real hayot sifatini baholash uchun aholining daromadlari kundalik xarajatlarni qoplashga qanchalik imkon berishini aks ettiruvchi xarid qobiliyati muhim ahamiyatga ega.
Mavzuga oid
19:23
O‘zbekiston mobil internet tezligi reytingida 5 pog‘onaga pastladi
15:13 / 15.01.2026
Hududlar reytingi: metallurgiya ishlab chiqarishida Navoiy va Toshkent viloyati oldinda
07:36 / 15.01.2026
2026 yilda dunyodagi eng boy odamlar reytingi
07:34 / 03.01.2026