Özbekiston mol göşti nisbatan arzon mamlakatlar röyxatiga kirdi. Bu Numbeo portali ma’lumotlaridan oydinlaşmoqda.

5 may kuni yangilangan reytingda 101 ta davlat iştirok etgan. Özbekiston mol göştining bir kilogrammi 10,86 dollar (≈130 ming söm) narx bilan 66-örinni egalladi. Şu bilan birga, Özbekistonda göşt possovet hududining boşqa mamlakatlariga qaraganda qimmatroq, masalan, Ozarboyjon (10,53 dollar), Belarus (9,25 dollar), Qozoğiston (8,72 dollar).

Portal ma’lumotlariga köra, eng qimmat mol göşti Şveytsariya (45,58 dollar), Norvegiya (32,89 dollar) va Lyuksemburgda (27,65 dollar) sotiladi. Umuman olganda, aksariyat rivojlangan mamlakatlarda göşt Özbekistonga qaraganda 3-4 baravar qimmatroq. Reytingning dastlabki 15 ta qatorini mol göşti 20 dollardan qimmat bölgan davlatlar egallagan. Bular Yevropa davlatlarining bir qismi (Germaniya, Şvetsiya, Fransiya, Finlyandiya, Avstriya, Italiya, Belgiya va boşqalar), şuningdek, Isroil, Janubiy Koreya va Singapurdir.

Reytingga köra, mol göşti eng arzon davlatlar – Pokiston (4,68 dollar), Nigeriya (4,73 dollar) va Keniya (5,23 dollar).

Numbeo - bu foydalanuvçilar tomonidan yaratilgan ma’lumotlar bazasi bölib, u dunyoning turli şaharlari va mamlakatlarida yaşaş narxi haqidagi raqamlarni töplaydi va e’lon qiladi. Xizmat asosan foydalanuvçilarning öz ma’lumotlaridan, şuningdek, qisman rasmiy statistikadan foydalanadi. Şuning uçun reytingdagi raqamlar vaziyat haqida umumiy tasavvur beradi, lekin har doim ham aniq bölavermaydi.