Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qamchiq dovonida qor yog‘moqda: yo‘llarga qum-tuz aralashmasi sepilmoqda
A373 «Toshkent–Ohangaron–Angren–Qo‘qon–Shahrixon–Andijon» yo‘lining 127–150 km oralig‘ida qor yog‘moqda. Hozirda yo‘lda ikki tomonlama harakat xavfsiz ta’minlanmoqda.
Foto: Videodan kadr
Ma’lum qilinishicha, mazkur uchastkada havo harorati +1 daraja, ko‘rish masofasi 4000 metr, shamol kuzatilmayapti, namlik 67 foizni tashkil etmoqda.
Qor yog‘ishi davom etayotgani sababli dovonda avtotransport vositalarining to‘xtovsiz ikki tomonlama harakatlanishini ta’minlash maqsadida «Qamchiqavtoyo‘l IYFK» DM tomonidan yo‘l qoplamasida sirpanchiqlik yuzaga kelmasligi uchun maxsus texnika yordamida qum-tuz aralashmasi sepish ishlari olib borilmoqda.
«Qamchiqavtoyo‘l IYFK» DM «Qamchiq» dovoni orqali harakatlanayotgan haydovchilarga ob-havo sharoitini inobatga olgan holda tezlikni me’yordan oshirmaslik, oraliq masofani saqlash va barcha xavfsizlik choralariga amal qilishni tavsiya qildi.
Mavzuga oid
12:18 / 01.03.2026
Dovon ortidagi qishloq: Chetsuvda bir kun
17:16 / 24.02.2026
AQSh sharqiy sohilida rekord darajada qor: 5 mingdan ortiq reyslar bekor qilindi
18:39 / 14.02.2026
Dovon yo‘li va qor ko‘chkisi: vaziyat qay darajada xavotirli?
10:50 / 13.02.2026