O‘zbekiston | 21:25 / 17.01.2026
1605
1 daqiqa o‘qiladi

Energetika tizimi kuchaytirilgan ish rejimiga o‘tkazildi

Energetika vazirligining bildirishicha, elektr energiyasi yoki tabiiy gazni ommaviy o‘chirish, rejali cheklov joriy etish haqidagi xabarlar noto‘g‘ri.

Foto: Energetika vazirligi

O‘zbekistonda havo harorati keskin pasayishi sababli energetika tizimi kuchaytirilgan ish rejimiga o‘tkazildi, deb ma’lum qildi Energetika vazirligi matbuot xizmati.

Qayd etilishicha, yoqilg‘i-energetika tizimi sovuq ob-havo sharoitida barqaror ishlash bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Energetika vazirligining bildirishicha, elektr, issiqlik va gaz tarmoqlarida qo‘shimcha texnik ko‘riklar o‘tkazilib, ishlab chiqarish va yetkazib berish quvvatlari mavjud sharoitga moslashtirildi.

“Elektr energiyasi yoki tabiiy gazni ommaviy o‘chirish, rejali cheklov joriy etish haqidagi axborotlar noto‘g‘ri”, deyiladi vazirlik xabarida.

Mas’ul xizmatlar 24/7 rejimida ish olib borayotgani ta’kidlangan.

Mavzuga oid