O‘zbekiston | 11:22
1692
2 daqiqa o‘qiladi

Qamchiq dovonida qor va tuman tufayli ko‘rinish masofasi qisqardi

Qamchiq dovonida qor yog‘ishi davom etmoqda. Dovon hududining ayrim nuqtalarida qalin tuman tushgani sababli yo‘lda ko‘rinish masofasi qisqargan.

Foto: Videodan kadr

Ma’lum qilinishicha, hozirda dovon bo‘ylab havo sharoiti o‘zgaruvchan bo‘lib, qor yog‘ishi harakatlanishda qiyinchiliklar keltirib chiqarishi mumkin. Ayrim joylarda tumanning quyuqlashishi oqibatida yo‘lning ko‘rinish masofasi kamayib, haydovchilardan yuqori darajada ehtiyotkorlik talab etilmoqda.

Shu munosabat bilan barcha haydovchilardan quyidagilarga qat’iy amal qilish so‘raldi:

  • tezlikni belgilangan me’yordan oshirmaslik va ob-havoga mos ravishda harakatlanish;
  • oldindagi transport vositasi bilan oraliq masofani saqlash;
  • keskin manyovr va xavfli quvib o‘tishlardan tiyilish;
  • zarurat bo‘lganda yorug‘lik moslamalarini yoqib harakatlanish;
  • yo‘l harakati qoidalariga to‘liq rioya qilish.

Tuman va qorli havoda tormoz yo‘li uzayadi va yo‘lning ayrim qismlarida muzlama paydo bo‘lishi ehtimoli ortdi. Shu bois dovon orqali harakatlanuvchi haydovchilardan yo‘lga chiqishdan oldin transport vositasi texnik holatini tekshirish, zarur jihozlar (qishki shina, zanjir, birinchi yordam qutisi va boshqalar) bilan ta’minlangan holda yo‘lga chiqish tavsiya etildi.

Mavzuga oid