Iqtisodiyot | 10:16
445
1 daqiqa o‘qiladi

Kichik biznes yetakchi: korxonalarning 85 foizi mikrofirmalar

2026 yil 1 yanvar holatiga O‘zbekistonda 474,9 mingta korxona va tashkilot faoliyat yuritmoqda. Ularning 403,8 mingtasi, ya’ni 85 foizi kichik korxona va mikrofirmalar hissasiga to‘g‘ri keladi.

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026 yilda faol korxonalar soni 2025 yilga nisbatan 50,1 mingtaga oshgan. Bu 11,8 foiz o‘sishni tashkil etadi.

Faoliyat yuritayotgan korxona va tashkilotlar soni yillar kesimida (1 yanvar holatiga):

  • 2022 yil — 528,9 mingta;
  • 2023 yil — 592,4 mingta (+12 foiz);
  • 2024 yil — 485,0 mingta;
  • 2025 yil — 424,8 mingta;
  • 2026 yil — 474,9 mingta (+11,8 foiz).

Tahlillarga ko‘ra, korxonalar tarkibida kichik biznes ulushining yuqoriligi ichki bozorda xizmatlar va savdo faolligi, ish o‘rinlari yaratilishi hamda tadbirkorlik tashabbuslarining kengayishi bilan bog‘liq omil sifatida baholanadi.

Mavzuga oid