Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Navoiyda yana avtobus ag‘darildi
Yanvar oyi boshida ham yo‘lovchi avtobus YTHga uchrab, odamlar halok bo‘lgan joy yaqinida yana bir avtobus ag‘darilib ketdi. Oqibatda ikki kishi shifoxonaga yotqizilgan. Holat bo‘yicha jinoiy ish ochildi.
Foto: Navoiy viloyati YHXB
Navoiy viloyati Tomdi tumanida yo‘lovchi avtobus ag‘darilib ketdi, deya xabar bermoqda viloyat YHXB.
Voqea 17 yanvar kuni soat 07:00 atrofida tumanning «Tomdibuloq» OFY hududidan o‘tgan A-379 Navoiy-Uchquduq xalqaro avtomobil yo‘lining 189–190 kilometrlari oralig‘ida sodir bo‘lgan.
Zhong Tong avtobusi haydovchisi Navoiy-Zarafshon yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanib kelib boshqaruvni yo‘qotgan. Oqibatda transport qarama-qarshi tomonga ag‘darilib ketgan.
Hodisa tufayli jabrlangan ikki kishi Zarafshon shahar tibbiyot bo‘limiga yetkazilgan. Avtobusda jami qancha odam bo‘lganiga oydinlik kiritilmagan.
Hozirda holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 1-qismi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 5 yanvar kuni ham Navoiy viloyatining Tomdi tumani hududida 47 nafar yo‘lovchisi bo‘lgan avtobus ag‘darilib ketishi oqibatida ikki kishi voqea joyida halok bo‘lgan, 9 kishi shifoxonaga yotqizilgandi.
Mavzuga oid
23:31 / 16.01.2026
Checheniston rahbari Ramzon Qodirovning o‘g‘li Adam og‘ir «avariya»ga uchragani aytildi
10:48 / 15.01.2026
Yunusobod tumanida uchta mashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
21:52 / 14.01.2026
5 yil davomida YTHlar kamayish dinamikasi saqlanib qoldi – YHXX
12:40 / 14.01.2026