Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bu bizning hudud – Tramp Grenlandiya haqida
AQSh prezidenti Donald Tramp Grenlandiyani Qo‘shma Shtatlar tomonidan sotib olinishi masalasida zudlik bilan muzokaralarni boshlashni talab qildi. Bu haqda u Davosdagi Jahon iqtisodiy forumida so‘zlagan nutqida aytib o‘tdi.
Foto: Reuters
Tramp o‘z nutqida Daniyani tanqid qilib, mamlakatni Grenlandiyani himoya qilish uchun juda zaif deb atadi. U Grenlandiya Qo‘shma Shtatlarga «milliy va xalqaro xavfsizlik» uchun kerakligi haqidagi asosiy tezisini takrorladi.
«Bu ulkan himoyalanmagan orol aslida Shimoliy Amerikaning bir qismidir. Bu bizning hudud», deb qo‘shimcha qilgan Tramp. U nutqi davomida, shuningdek, AQSh Ikkinchi jahon urushidan keyin orolni Daniyaga qaytarib berib, «ahmoqlik qilganini» aytdi.
«Men Grenlandiyani Qo‘shma Shtatlar tomonidan sotib olinishini yana bir bor muhokama qilish uchun zudlik bilan muzokaralar olib borishga intilaman», dedi Tramp.
AQSh prezidenti «bu katta chiroyli muz bo‘lagini» olish uchun kuch ishlatmasligini ta’kidladi. «Biz hech qachon hech narsa so‘ramaganmiz va hech narsa olmaganmiz. Agar men haddan tashqari kuch va zo‘ravonlik ishlatishga qaror qilmasam, ehtimol, hech narsa ololmasmiz. Lekin men bunday qilmayman», deb qo‘shimcha qilgan Tramp.
Qo‘shma Shtatlar yetakchisi so‘zlariga ko‘ra, uning Grenlandiyani AQShga qo‘shish taklifi NATO uchun tahdid bo‘lmaydi. «Bu butun alyans, NATO alyansi xavfsizligini sezilarli darajada mustahkamlaydi», dedi u.
«Biz so‘rayotgan narsa - Grenlandiya, shu jumladan, unga nisbatan mulk huquqi. Chunki uni himoya qilish uchun mulk huquqi zarur. Uni ijara shartlarida himoya qilishning iloji yo‘q», dedi Tramp.
«Ularda tanlash imkoniyati bor. Ular «ha» deyishi mumkin va biz juda, juda minnatdor bo‘lamiz. Yoki ular «yo‘q» deyishi mumkin va biz buni eslab qolamiz», deb qo‘shimcha qildi Tramp.
Grenlandiya - Daniyaning avtonom hududi. Donald Tramp so‘nggi haftalarda AQSh orolga da’vogarligi haqida bir necha bor gapirgan. Grenlandiya hukumati AQSh bir qismi bo‘lishni istamasligini aytdi. Avvalroq Oq uy Grenlandiyani sotib olishni taklif qilgan, biroq kuch ishlatishi mumkinligini ham istisno qilmagan edi.
Mavzuga oid
23:18 / 21.01.2026
Germaniya nega Vashingtonga qarshi chiqmadi?
22:39 / 21.01.2026
Agar Putin va Zelenskiy tinchlik shartnomasini tuzmasa, ular ahmoq bo‘ladi – Tramp
21:15 / 21.01.2026
AQSh hududida noqonuniy bo‘lib turgan o‘zbekistonliklarning bir guruhi Vatanga qaytarildi
17:55 / 21.01.2026