Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston guruch eksportida Qozog‘iston birinchi o‘rinda
O‘zbekiston 2025 yilning yanvar–noyabr oylarida 11 ta xorijiy davlatga jami 14,8 ming tonna guruch eksport qilgan. Eksport qiymati 6,4 mln AQSh dollarini tashkil etgan.
Foto: Dreamstime
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, hisobot davrida O‘zbekistondan eng ko‘p guruch import qilgan davlat Qozog‘iston bo‘lgan — 8 ming tonna. Bu ko‘rsatkich umumiy eksport hajmining katta qismini tashkil etib, qo‘shni davlat O‘zbekiston guruchining asosiy xaridori sifatida qayd etilgan.
Ikkinchi o‘rinda Tojikiston joylashgan bo‘lib, u yerga 3,4 ming tonna guruch yetkazib berilgan. Uchinchi o‘rinni esa Qirg‘iziston egallagan — 2,4 ming tonna.
Shuningdek, O‘zbekistondan AQShga 824,8 tonna guruch eksport qilingani ma’lum qilindi. Afg‘oniston va Turkiyaga 45,2 tonnadan guruch yetkazib berilgan. Boshqa davlatlarga esa jami 113,5 tonna mahsulot eksport qilingan.
Guruch eksporti geografiyasining kengayishi tashqi bozordagi talabni qondirish, eksport salohiyatini oshirish hamda agrosanoat tarmog‘ida qo‘shimcha qiymat zanjirlarini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Mavzuga oid
22:31 / 05.05.2026
Mart oyida 2,7 mlrd kub gaz qazib olindi. Bu o‘tgan yilning mos davridagidan 30 foizga kam
21:32 / 01.05.2026
Aholi daromadlarining oshishi sekinlashdi. Poytaxt va hududlar o‘rtasidagi tafovut yanada kattalashgan
16:59 / 24.04.2026
13 ta tuman hokimiga intizomiy chora ko‘riladi
10:59 / 10.04.2026