Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
"Oskar" kinomukofotiga nomzodlar e’lon qilindi
Ro‘yxatda Rayan Kuglerning "Gunohkorlar" filmi eng ko‘p tilga olingan - 16 nominatsiya.
Foto: Reuters
Los-Anjyelesda Amerika kinoakademiyasining "Oskar" mukofotiga da’vogarlar e’lon qilindi.
Ro‘yxatda Rayan Kuglerning "Gunohkorlar" filmi eng ko‘p tilga olingan - 16 nominatsiya. Ikkinchi o‘rinda Pol Tomas Andersonning "Jangma-jang" filmi qayd etilgan - 13.
"Eng yaxshi film" nominatsiyasida quyidagilar ishtirok etadi:
- Pol Tomas Andersonning "Jangma-jang" filmi;
- Yorgos Lantimosning "Bugoniya" filmi;
- Xloi Chjaoning "Hamnet" filmi;
- Rayan Kuglerning "Gunohkorlar" filmi;
- Josh Safdiyning "Ajoyib Marti" filmi;
- Kleber Mendonsa Filo "Maxfiy agent" filmi;
- Yoakim Triyerning "Sentimental qadriyat" filmi;
- Klint Bentlining "Poyezdlar tushi" filmi;
- Gilermo del Toroning "Frankenshteyn" filmi;
- Jozef Kosinskining "F1" filmi.
Eng yaxshi aktyor unvoni uchun Leonardo DiKaprio ("Jangma-jang"), Maykl B.Jordan ("Gunohkorlar"), Timoti Shalame ("Ajoyib Marti"), Vagner Moura ("Maxfiy agent") va Itan Xouk ("Moviy oy") kurash olib boradi. Ikkinchi plandagi eng yaxshi erkak roli uchun Benisio del Toro ("Jangma-jang"), Shon Penn ("Jangm-jang"), Jyeykob Elordi ("Frankenshteyn"), Delroy Lindo ("Gunohkorlar") va Stellan Skarsgard ("Sentimental qadriyat") da’vogarlik qilmoqda.
"Eng yaxshi aktrisa" nominatsiyasida Rouz Birn ("Agar qo‘limdan kelsa, seni tepardim"), Jyessi Bakli ("Hamnet"), Emma Stoun ("Bugoniya"), Renate Reinsve ("Sentimental qadriyat"), Keyt Xadson ("Qo‘shiq qayg‘uli yangraydi") ishtirok etadi.
"Eng yaxshi rejissyor" nominatsiyasida quyidagilar g‘oliblikka da’vogarlik qiladi: Pol Tomas Anderson, Xloya Chjao, Josh Sefdi, Yoakim Triyer, Rayan Kugler.
"Oskar" mukofotiga nomzodlar ro‘yxatiga animatsion filmlardan "Arko", "Elio", "Key-pop jin ovchilari", "Kichik Ameli" va "Hayvonlar shahri-2" filmlari kiritilgan.
"Oskar" mukofotini topshirish marosimi 15 mart kuni bo‘lib o‘tadi.
Mavzuga oid
23:36 / 22.01.2026
Tramp Grenlandiyani sotib olmoqchi – AQSh tarixda ko‘plab hududlarni sotib olgan
23:29 / 22.01.2026
Trampning kuyovi Kushner kurort va osmono‘par binolariga ega «Yangi G‘azo» rejasini namoyish etdi
20:32 / 22.01.2026
Eron norozilik namoyishlarida 3 mingdan ortiq odam halok bo‘lganini rasman e’lon qildi
20:07 / 22.01.2026