Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp Davosda: Ukrainada tinchlikka NATO va YeI erishishi kerak
AQSh prezidenti Donald Tramp Davosda o‘tayotgan Jahon iqtisodiy forumi (JIF)da Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushini tezroq tugatishga chaqirdi. Uning aytishicha, Ukrainada vaziyatni tinch yo‘l bilan hal etish choralarini Yevropa davlatlari va NATO ko‘rishi kerak, chunki AQSh bu nizodan uzoqda joylashgan. Tramp bu haqda chorshanba kuni, 21 yanvarda bildirdi.
“AQSh uzoqda. Bizni undan katta, go‘zal okean ajratib turadi. Buning bizga hech qanday aloqasi yo‘q”, — dedi u. Trampning so‘zlariga ko‘ra, Ukrainadagi urushni to‘xtatish yo‘lidagi sa’y-harakatlar “AQShga foyda keltirmaydi”.
“Bir yildan beri men shu urush ustida ishlayapman, shu vaqt ichida yana sakkizta boshqa mojaroni hal qildim. Hindiston — Pokiston, va boshqa urushlar. Armaniston — Ozarboyjon”, — deb sanab o‘tdi u.
Shu bilan birga, Tramp ta’kidlashicha, AQSh bu sa’y-harakatlardan hech narsa olmayapti. “Biz nima olyapmiz? O‘limdan, vayronagarchilikdan va ulkan pul mablag‘laridan boshqa — bu pullar biz bergan yordamni qadrlamaydigan odamlarga ketyapti. Men NATO haqida gapiryapman. Men Yevropa haqida gapiryapman. Ukraina bilan ular shug‘ullanishi kerak, biz emas”, — deb urg‘u berdi u.
Trampning aytishicha, Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushi “Ikkinchi jahon urushidan beri eng dahshatlisi”. “Agar u davom etsa, ko‘lami jihatidan uni ham ortda qoldiradi. Yo‘qotishlar raqamlari hayratlanarli. Ular bu haqda gapirishni istamaydi. Ukraina ham, Rossiya ham juda ko‘p odam yo‘qotdi”, — dedi u.
AQSh rahbari, shuningdek, Rossiya prezidenti Vladimir Putin ham, Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy ham urushni tugatib, tinchlik kelishuvini imzolashni xohlayotganiga ishonch bildirdi. “Men prezident Putin bilan ishlayapman va menimcha, u bitim tuzishni xohlayapti. Men prezident Zelenskiy bilan ishlayapman va menimcha, u ham bitimni xohlaydi. Men u bilan bugun uchrashaman”, — dedi u.
Mavzuga oid
22:26 / 07.06.2026
Boshlovchi bilan aytishib ketgan Tramp intervyuni to‘xtatdi
20:25 / 07.06.2026
Tramp Xominaiy bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarga tayyorligini bildirdi
14:20 / 06.06.2026
Tramp Netanyahudan nega norozi?
22:15 / 05.06.2026