Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yunusobodda fuqarolar tinchligini buzgan shaxs bo‘yicha tekshiruv boshlandi
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda aks etgan holat yuzasidan Yunusobod tumanida tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda. Holat fuqarolar tinchligini buzish bilan bog‘liq.
Ijtimoiy tarmoqlarda noma’lum shaxsning o‘zga xonadon eshigini sababsiz taqillatib, fuqarolarning tinchligini buzgani aks etgan video tarqalib, keng muhokamalarga sabab bo‘ldi. Mazkur holat yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot berildi.
Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 20 yanvar kuni taxminan soat 00:15 larda Yunusobod tumani, 11-mavzeda joylashgan ko‘p qavatli uylardan birida 1995 yilda tug‘ilgan, mast holatda bo‘lgan T.I. shu uyda istiqomat qiluvchi 1974 yilda tug‘ilgan S.I.ning xonadon eshigini tortib, qo‘ng‘iroqni bir necha bor chalgan holda fuqarolarning tinchligini buzgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Yunusobod tumani IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda. Tekshiruv natijalariga ko‘ra qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanadi.
Mavzuga oid
17:56 / 30.06.2026
Toshkentda YTH oqibatida Lacetti ikkiga bo‘linib ketdi
10:25 / 27.06.2026
Yunusobodda hojatxonaga tushib ketgan bola qutqarildi
18:29 / 13.06.2026
Toshkentda fuqarodan ming dollar talab qilgan tuman gaz ta’minoti bo‘limi xodimi ushlandi
18:32 / 10.06.2026