Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Germaniya: Moskva murosaga tayyor bo‘lmasa, natija bo‘lmaydi
GFR hukumati Ukraina, AQSh va Rossiya o‘rtasidagi uch tomonlama aloqalarning o‘ziga ijobiy qaradi. Biroq Berlin Moskva o‘zining maksimalistik talablaridan voz kechishga tayyor ekaniga shubha qilmoqda.
Foto: AP
Germaniya hukumati 23 yanvar, juma kuni Abu-Dabida boshlangan Ukraina, AQSh va Rossiya o‘rtasidagi urushni to‘xtatishga qaratilgan muzokaralarga ehtiyotkorona munosabat bildirdi. Berlinda ta’kidlanishicha, barqaror tinchlik faqat Moskva haqiqiy murosaga tayyor bo‘lgan taqdirdagina o‘rnatilishi mumkin.
“Umuman olganda, hozir uch tomonlama uchrashuvlarga yetib kelinsa, biz buni qutlaymiz”, — dedi GFR hukumati rasmiy vakilining o‘rinbosari Shtefan Mayyer. Shu bilan birga, uning so‘zlariga ko‘ra, “Rossiya haqiqatan ham o‘zining eng yuqori talablaridan qay darajada voz kechishga tayyor” ekani bo‘yicha jiddiy savollar saqlanib qolmoqda.
Germaniya bir necha bor Ukraina bo‘yicha ehtimoliy tinchlik kelishuvi uzoq muddatli va barqaror tinchlikka qaratilgan bo‘lishi shartligini ta’kidlab keladi. “Agar tinchlik kelishuvi oxir-oqibat Rossiya uchun faqat nafas rostlab olish, keyin esa yana hujumlarni qayta boshlash imkoniyatiga aylansa, hech narsaga erishib bo‘lmaydi”, — dedi Mayyer.
Ukraina, AQSh va Rossiya vakillari o‘rtasidagi muzokaralar juma kuni Birlashgan Arab Amirliklari poytaxti Abu-Dabida boshlandi. Rossiya prezidenti maslahatchisi Yuriy Ushakov so‘zlariga ko‘ra, xavfsizlik masalalari bo‘yicha “uch tomonlama ishchi guruh” maslahatlashuvlari rejalashtirilgan.
Ushbu uchrashuv Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Moskvada AQShning maxsus vakili Stiv Uitkoff bilan muzokaralaridan, shuningdek Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyning Davosda AQSh prezidenti Donald Tramp bilan uchrashuvidan keyin bo‘lib o‘tdi.
Mavzuga oid
14:49
Rossiyada urush qatnashchilarini dafn etish uchun rekord mablag‘ ajratildi
13:07
Kaliforniya gubernatori Yevropa siyosatchilarini Trampga nisbatan dadil pozitsiya egallashga chaqirdi
13:05
2025 yilda Rossiyadan O‘zbekistonga gaz yetkazib berish 30 foizga oshdi
12:52