Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mahallalar “qizil”, “sariq”, “yashil” toifalarga ajratiladi
Mahallalardagi muammolarni aniq ko‘rsatkichlar asosida baholash va har bir hudud bilan individual ishlash amaliyotini joriy etish rejalashtirilmoqda. Buning uchun “Raqamli mahalla” elektron platformasi orqali mahallalar bir nechta ijtimoiy-iqtisodiy mezonlar asosida toifalarga ajratiladi.
Taqdim etilayotgan tashabbusga ko‘ra, “Raqamli mahalla” elektron platformasida mahallalar infratuzilma, tadbirkorlik, kambag‘allik, ishsizlik, jinoyatchilik, nizoli oilalar hamda aholi murojaatlari kabi ko‘rsatkichlar kesimida tahlil qilinib, “qizil”, “sariq”, “yashil” toifalarga ajratilishi ko‘zda tutilgan.
Shuningdek, tegishli tuman (shahar) hokimlari “qizil” va “sariq” toifadagi har bir mahalla bo‘yicha ko‘rsatkichlarni yaxshilashga qaratilgan yillik dastur ishlab chiqishi, tasdiqlashi va mas’ul davlat organlari bilan hamkorlikda amalga oshirishi belgilanmoqda.
Tashabbus doirasida har bir ko‘rsatkich sohasi bo‘yicha tegishli davlat organlariga biriktiriladi. Bunda “qizil” va “sariq” mahallalardagi ko‘rsatkichlarni yaxshilash jarayoni hokimliklar, vazirlik va idoralar faoliyatini baholash mezoni sifatida ham belgilanishi nazarda tutilgan.
Qolaversa, ijtimoiy rivojlanish va infratuzilma dasturlari, tarmoq dasturlari hamda davlat organlarining yillik rejalarini ishlab chiqishda “qizil” va “sariq” toifadagi mahallalar muammolarini birinchi navbatda hal qilish ustuvor vazifa sifatida qo‘yilishi rejalashtirilmoqda.
Mavzuga oid
10:06 / 21.03.2026
Shavkat Mirziyoyev: Mahalla - ona yurtimizning go‘zal timsoli
14:39 / 19.03.2026
Jismoniy tarbiya o‘qituvchilari yangi tartib asosida toifa oladi
19:32 / 24.01.2026
Barcha mahallalarning nomlari qayta ko‘rib chiqiladi
18:49 / 24.01.2026