Prezidentning umumiy örta ta’lim muassasalarida jismoniy tarbiya fanini öqitişni takomillaştiriş va uşbu fan öqituvçilarining kasbiy faoliyatini rivojlantirişga qaratilgan qarori ijrosini ta’minlaş maqsadida Maktabgaça va maktab ta’limi vazirligi hamda Sport vazirligining qöşma qarori qabul qilindi.

Mazkur qarorga muvofiq, jismoniy tarbiya fani öqituvçilariga toifa berişning ikki bosqiçli yangi tartibi joriy etiladi. Birinçi bosqiçda Maktabgaça va maktab ta’limi vazirligi tomonidan pedagogning mutaxassislik fani va kasb standarti böyiça bilim darajasi test sinovlari orqali baholanadi.

Belgilangan tartibga köra, birinçi bosqiçda öqituvçilarga mutaxassislik fanidan 35 ta va kasb standartidan 5 ta, jami 40 ta test savoli beriladi. Har bir savol 1 ball bilan baholanib, uşbu bosqiç uçun maksimal natija 40 ballni taşkil etadi.

Ikkinçi bosqiçda esa Sport vazirligi tomonidan amaliy imtihon ötkaziladi. Uşbu bosqiçda öqituvçining jismoniy tayyorgarlik darajasi normativlari 20 ball, sport turlari böyiça maşqlar texnikasi esa 40 ball asosida baholanadi. Şu tariqa amaliy imtihon uçun jami 60 ball ajratiladi.

Şuningdek, qaror bilan umumiy örta ta’lim taşkilotlarining jismoniy tarbiya fani öqituvçilari uçun amaliy imtihon sinovlarining jismoniy tayyorgarlik darajasi normativlari, sport turlari böyiça maşqlar texnikasi va baholaş mezonlari ham tasdiqlangan.

Mazkur tartib 2025–2026 öquv yilidan boşlab, aniqroği 2025 yil avgust–dekabr oylarida ötkaziladigan pedagog kadrlar attestatsiyasidan joriy etila boşlagan.