Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda yonilg‘i ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari e’lon qilindi
2025 yilda O‘zbekistonda 1,2 mln tonna avtomobil benzini ishlab chiqarilgan. Shuningdek, dizel yonilg‘isi, neft, tabiiy gaz va boshqa qator sanoat mahsulotlari bo‘yicha ishlab chiqarish hajmlari ham ma’lum qilindi.
Milliy statistika qo‘mitasi 2025 yil bo‘yicha dastlabki ko‘rsatkichlarni taqdim etdi. Unga ko‘ra, mamlakatda avtomobil benzini ishlab chiqarish hajmi 1,2 mln tonnani tashkil etgan.
Qo‘mita ma’lumotlarida yonilg‘i-energetika va ayrim sanoat mahsulotlari bo‘yicha ishlab chiqarish hajmlari quyidagicha keltirilgan:
- ko‘mir — 8,9 mln tonna;
- dizel yonilg‘isi — 1,2 mln tonna;
- neft — 655,7 ming tonna;
- tabiiy gaz — 42,3 mlrd kub.m;
- gaz kondensati — 1,1 mln tonna.
Shu bilan birga, sanoat ishlab chiqarishi bilan bog‘liq yana bir ko‘rsatkich — avtomobil dvigatellari ishlab chiqarish hajmi ham ochiqlandi. Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, 2025 yilda 248 247 dona avtomobil dvigatellari ishlab chiqarilgan.
Qayd etilishicha, keltirilgan raqamlar Milliy statistika qo‘mitasining dastlabki ma’lumotlari hisoblanadi. Ko‘rsatkichlar keyinchalik aniqlashtirilishi mumkin.
Mavzuga oid
12:48
O‘zbekistonda yengil avtomobil ishlab chiqarish statistikasi e’lon qilindi
11:18 / 31.12.2025
Yengil avtomobillar ishlab chiqarish 1 million donaga yetkaziladi
18:43 / 23.12.2025
Tadbirkorlarga ishlab chiqarish quvvatini oshirishga nimalar to‘sqinlik qilyapti?
11:40 / 16.12.2025