Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hindistonda epidemiyaga aylanishi mumkin bo‘lgan bedavo virus tarqalmoqda
Yuzga yaqin kishi karantinga joylashtirilgan, bemorlar Kalkuttadagi shifoxonalarda davolanmoqda. Bir bemorning ahvoli og‘irligi aytilmoqda.
Hindiston hukumati xavfli Nipax virusi tarqalishini to‘xtatishga urinmoqda, deb xabar berdi The Independent.
"Hindiston G‘arbiy Bengaliya shtatida kasallik yuqtirish bilan bog‘liq beshta holat tasdiqlanganidan so‘ng Nipax virusi tarqalishining oldini olishga urinmoqda", — deyiladi xabarda.
Nashrning yozishicha, yuzga yaqin kishi karantinga joylashtirilgan, bemorlar Kalkuttadagi shifoxonalarda davolanmoqda. Bir bemorning ahvoli og‘irligi aytilmoqda.
Nipax virusi o‘limga olib boradi va hozircha uning davosi topilmagan. U ko‘rshapalaklar va zararlangan mevalar orqali yuqishi mumkin.
Mavzuga oid
22:47 / 09.07.2026
Hindiston Xitoyni ortda qoldirib, Rossiya neftining asosiy xaridoriga aylandi
08:50 / 08.07.2026
2026–2027 yillarda eng tez o‘sadigan iqtisodiyotlar ma’lum qilindi
18:30 / 07.07.2026
Buxoroda hindistonlik talaba yurtdoshini o‘ldirdi
11:04 / 30.06.2026