Jamiyat | 14:37
6225
1 daqiqa o‘qiladi

Surxondaryoda Tojikiston fuqarosi qarz uchun garovga olingani ma’lum bo‘ldi

Denovda yashovchi shaxs tojikistonlik tanishiga 11 ming dollar qarz bergan va garov sifatida uning sherigini olib qolgan. Pullar o‘z vaqtida qaytarilmagach, garovdagi shaxsni qiynoqqa solib, unga og‘ir darajada tan jarohati yetkazgan.

Foto: Videodan kadr

Surxondaryo viloyatining Denov tumanida Tojikiston fuqarosini tutqunlikda saqlagan shaxs qamoqqa olindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

«Denov shahrida yashovchi, 1993 yilda tug‘ilgan muqaddam sudlangan shaxs Dushanbe shahrida istiqomat qiluvchi, 1993 yilda tug‘ilgan Tojikiston Respublikasi fuqarosini noqonuniy ravishda ushlab turgan.

Aniqlanishicha, denovlik shaxs Dushanbe shahrida yashovchi 1988 yilda tug‘ilgan tanishiga 11 ming AQSh dollari bergan va garov sifatida uning sherigini Denov shahrida olib qolgan», – deyiladi xabarda.

Pullar o‘z vaqtida qaytarilmaganidan so‘ng Tojikiston fuqarosini tutqunlikda ushlab, turli qiynoqlarga solgan va unga og‘ir darajada tan jarohati yetkazgan.

Zo‘ravonga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llangan.

Mavzuga oid