Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoyda nishonni aniq uradigan miltiqli dron sinovdan o‘tkazildi
Sinov vaqtida dron 10 metr balandlikda va 100 metr masofadan 20ta o‘q uzgan va barcha o‘qlar nishonga aniq yetib borgan.
Xitoyda 100 metr masofadan nishonni aniq uradigan miltiq o‘rnatilgan dron sinovdan o‘tkazildi, deb xabar berdi South China Morning Post gazetasi.
"Xitoyning maxsus operatsiyalar uchun mo‘ljallangan yangi uchuvchisiz qurilmasi sinov vaqtida inson kattaligidagi nishonni piyodalar vintovkasidan bexato urib ajoyib natija ko‘rsatdi", - deyiladi nashr xabarida.
Gazetaning aniqlik kiritishicha, dron Wuhan Guide Infrared kompaniyasi va Xitoy quruqlik qo‘shinlari maxsus operatsiyalar akademiyasi hamkorligida ishlab chiqilgan.
Qayd etilishicha, uning boshqa dronlardan farq qiladigan jihati shundaki, qurilmaga oddiy miltiq o‘rnatilishi mumkin.
Sinov vaqtida dron 10 metr balandlikda va 100 metr masofadan 20ta o‘q uzgan va barcha o‘qlar nishonga aniq yetib borgan. O‘qlarning yarmi 11 santimetrli radiusga tekkan, bu inson boshiga teng nishondir.
Ma’lum qilinishicha, mutaxassislar aniqlikni kuchaytirish uchun maxsus dasturiy ta’minot ishlab chiqqan bo‘lib, u masofa, shamol tezligi va dronning qanday balandlikda ekanligiga qarab o‘q uzilish burchagini to‘g‘rilab turadi.
Mavzuga oid
22:15 / 09.06.2026
Xitoyda ilk marta odamga cho‘chqaning ikkita buyragi va jigari muvaffaqiyatli ko‘chirib o‘tkazildi
21:33 / 09.06.2026
Xitoyning o‘nlab kompaniyalari Pentagonning qora ro‘yxatiga kiritildi
20:27 / 09.06.2026
Si Jinping Pxenyanda: Xitoy va KXDR munosabatlarni «yangi cho‘qqilar»ga olib chiqmoqda
15:20 / 09.06.2026