Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sanoat korxonalari taqsimoti: eng ko‘p korxona oziq-ovqat ishlab chiqarishda
2026 yil 1 yanvar holatiga O‘zbekistonda 59,8 mingta sanoat korxonasi faoliyat yuritmoqda. Tarmoqlar kesimida eng katta ulush oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish sohasiga to‘g‘ri kelgan.
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakat sanoati tarkibida korxonalar soni yil sayin ortib bormoqda. Bu esa iqtisodiyotda ishlab chiqarish salohiyati kengayayotganini va yangi ish o‘rinlari yaratilayotganini ko‘rsatadi.
Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha sanoat korxonalari soni quyidagicha taqsimlangan:
- oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish — 11,9 mingta;
- boshqa nometall mineral mahsulotlar ishlab chiqarish — 8,3 mingta;
- kiyim ishlab chiqarish — 6 mingta;
- tayyor metall buyumlar ishlab chiqarish — 4,8 mingta;
- mebel ishlab chiqarish — 4,1 mingta;
- to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish — 3,7 mingta;
- rezina va plastmassa buyumlar ishlab chiqarish — 2,8 mingta.
Oziq-ovqat sanoatida korxonalar sonining ko‘p bo‘lishi aholini sifatli mahsulotlar bilan ta’minlash, ichki bozorni to‘ldirish va eksport salohiyatini oshirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Shu bilan birga, to‘qimachilik, qurilish materiallari va yengil sanoat yo‘nalishlaridagi o‘sish ham iqtisodiyot diversifikatsiyasiga xizmat qilmoqda.
Mavzuga oid
16:00
2025 yilda umumiy ovqatlanish korxonalari aylanmasi sezilarli ko‘paydi
14:21
Bozor xizmatlari hajmi bo‘yicha yetakchi hududlar ma’lum qilindi
13:52
2025 yilda O‘zbekistonga tijorat maqsadida eng ko‘p Afg‘oniston fuqarolari kelgan
12:50