Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent viloyatida yirik miqdorda narkotiklar musodara qilindi
Davlat xavfsizlik xizmati va Ichki ishlar vazirligi hamkorligida 20 yanvardan boshlab mamlakatda kriminogen vaziyatni barqarorlashtirishga qaratilgan keng ko‘lamli tezkor-qidiruv tadbirlari davom etmoqda.
Tezkor tadbirlar doirasida Toshkent viloyatining Chinoz tumanida o‘tkazilgan operatsiya chog‘ida Bekobod shahrida yashovchi, 1980 yilda tug‘ilgan, muqaddam giyohvandlik savdosi uchun sudlangan shaxs shartli xaridorga 200 gramm “gashish” moddasini 50 million so‘mga sotayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.
Tadbir davom ettirilib, ushbu shaxs olingan pul mablag‘ining 6,9 million so‘mini 1989 yilda tug‘ilgan hamshahariga bergan paytda u ham ushlandi. Uni tekshirish jarayonida yonidan 500 gramm “gashish” moddasi aniqlandi. Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Boshqa holatda esa Bekobod tumani hududida Cobalt rusumli avtomashinada yo‘lovchi sifatida ketayotgan Toshkent shahrida yashovchi, 1973 yilda tug‘ilgan shaxsning yonidan 600 gramm “opiy” moddasi topildi. Aniqlanishicha, u mazkur giyohvandlik vositasini Bekobod shahrida istiqomat qiluvchi, 1986 yilda tug‘ilgan tanishidan 5 ming AQSh dollari va 5 million so‘mga sotib olgan.
Tezkor tadbir davomida Bekobod shahridagi narkosavdogarning uyidan 1 kilogramm 47 gramm “opiy” moddasi, shuningdek, uning ikki nafar jinoiy aloqador shaxsidan 335 gramm “opiy” musodara qilindi. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu giyohvandlik vositalari Tojikistondan kontrabanda yo‘li bilan olib kelingan.
Hozirda gumonlanuvchilarga nisbatan Jinoyat kodeksining 246-moddasi 2-qismi va 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
11:31 / 20.01.2026
Bo‘stonliqda Li9 yo‘lning xandaq qismiga tushib ketdi
19:01 / 18.01.2026
Toshkent viloyatidagi uylardan tarkibida qimmatbaho metall bo‘lgan 17,5 tonna qum va toshlar topildi
10:30 / 13.01.2026
Chotqol tizmasida qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi
11:15 / 07.01.2026