Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Namanganda Cobalt va yo‘lovchi avtobus to‘qnashuvida 3 kishi halok bo‘ldi
Cobalt mashinasi haydovchisi boshqaruv paytida uxlab qolgan va qarama-qarshi yo‘nalishda kelayotgan Isuzu bilan to‘qnashgan. YTH oqibatida 2 kishi voqea joyida, 1 kishi shifoxonada vafot etgani, 5-6 kishi turli darajada tan jarohat olgani aytilmoqda.
Namanganda insonlar o‘limi bilan bog‘liq YTH sodir bo‘ldi. Bu haqda Kun.uz manbasi xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, YTH 25 yanvar kuni soat 6:30 larda Chust tumanining Damobod mahallasi hududida sodir bo‘lgan. 1999 yilda tug‘ilgan A.Yu. Cobalt mashinasini katta tezlikda boshqarib ketayotib, rulda uxlab qolgan. Oqibatda mashina yo‘lning qarama-qarshi tomonidan kelayotgan, 1961 yilda tug‘ilgan haydovchi I.E. boshqaruvidagi Isuzu avtobusi bilan to‘qnashgan.
YTHda Cobalt haydovchisi va unda yo‘lovchi sifatida ketayotgan 20 yoshli X.S. voqea joyida halok bo‘lgan. Yana bir yo‘lovchi esa shifoxonada vafot etgani aytilmoqda.
Shuningdek, avtobusda bo‘lgan yo‘lovchilardan 5-6 kishi turli darajada tan jarohati olishgan. Avtobus haydovchisi Damobod mahallasida yashovchi fuqarolarni Chust tumani Qodirobod mahallasi hududida joylashgan temirni qayta ishlash sexiga olib ketayotgan bo‘lgan.
Bu so‘nggi 20 kunda OAVda yoritilgan, yo‘lovchi avtobuslar bilan bog‘liq uchinchi YTH. 5 yanvar kuni Navoiy viloyatining Tomdi tumani hududida 47 nafar yo‘lovchisi bo‘lgan avtobus ag‘darilib ketishi oqibatida ikki kishi voqea joyida halok bo‘lgan, 9 kishi shifoxonaga yotqizilgandi. 17 yanvar kuni esa Navoiy viloyati Tomdi tumanida yana yo‘lovchi avtobus ag‘darilib ketgandi.
Mavzuga oid
15:07
Namanganda yer rasmiylashtirishni va’da qilgan o‘rmon xo‘jaligi mas’ullari va kadastr mutaxassisi ushlandi
10:15 / 26.01.2026
Ahmad Donish ko‘chasida to‘rtta avtomobil to‘qnashdi
08:30 / 26.01.2026
Nurafshon ko‘chasida uchta avtomobil ishtirokida YTH qayd etildi
13:38 / 24.01.2026