Iqtisodiyot | 11:33
686
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston diplomatlariga eksport va investitsiya bo‘yicha yangi vazifalar yuklandi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Tashqi ishlar vazirligi hamda xorijiy diplomatik vakolatxonalar faoliyatini yangilash bo‘yicha ustuvor vazifalarni belgilab berdi. Asosiy e’tibor tashqi siyosat natijadorligini oshirish va iqtisodiy diplomatiyani kuchaytirishga qaratilgan.

Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Tashqi ishlar vazirligi va xorijiy diplomatik vakolatxonalar faoliyatini yangilashning asosiy yo‘nalishlarini belgilab berdi, deya xabar qilmoqda “Dunyo” AA Daily News Hungary nashriga tayanib.

Manbaga ko‘ra, tashqi siyosiy ishlar samaradorligini oshirish hamda iqtisodiy diplomatiyani yangi bosqichga olib chiqish ustuvor vazifa sifatida qayd etilgan. Xususan, investitsiyalar va texnologiyalarni jalb qilish, eksport bozorlarini kengaytirish, transport-logistika yo‘nalishlarini rivojlantirish, sayyohlar oqimini ko‘paytirish hamda qonuniy mehnat migratsiyasi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish kabi yo‘nalishlarga alohida urg‘u berilgan.

Shuningdek, O‘zbekiston fuqarolarining xorijdagi huquq va manfaatlarini yanada faol himoya qilish, diplomatik vakolatxonalar ishida rasmiyatchilik va ortiqcha byurokratik to‘siqlardan voz kechish zarurligi ta’kidlangan.

Maqolada xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni rivojlantirish, mamlakatning xalqaro imijini ilgari surish, tashqi siyosiy konsepsiyani yangilash hamda amaliy natijalarga yo‘naltirilgan diplomatik korpusni shakllantirish bo‘yicha vazifalar belgilab berilgani qayd etilgan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров

Mavzuga oid