Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tuman sabab Moskva-Buxoro reyslari Samarqand va Navoiyga qo‘ndirildi
Buxoro aeroportidagi noqulay ob-havo (tuman) sabab Moskva-Buxoro yo‘nalishidagi ikki reys muqobil aeroportlarga yo‘naltirildi. Shuningdek, Buxoro-Moskva reysi Navoiydan amalga oshiriladi.
Foto: Uzbekistan Airports
Buxoro aeroportida kuzatilgan tumanli ob-havo sharoiti tufayli Utair aviakompaniyasining Moskva—Buxoro yo‘nalishidagi UT807 reysi ekipaji Samarqanddagi muqobil aeroportga yo‘nalishga qaror qildi. Samolyot mahalliy vaqt bilan soat 5:09 da qo‘ngan.
Shuningdek, Uzbekistan Airways aviakompaniyasining Moskva—Buxoro yo‘nalishidagi HY9608 reysi ekipaji ham Navoiydagi muqobil aeroportga qo‘nishga qaror qildi. Samolyot mahalliy vaqt bilan soat 5:10 da qo‘ngan.
Ma’lum qilinishicha, Uzbekistan Airways’ning Buxoro—Moskva yo‘nalishidagi HY9607 reysi Navoiydagi muqobil aeroportdan amalga oshiriladi. Reysga ro‘yxatdan o‘tgan yo‘lovchilar esa yer usti transporti orqali Navoiyga yetkazib beriladi.
Mavzuga oid
12:10 / 27.05.2026
Buxoroda YTH sodir qilgan haydovchi 10 sutkaga qamaldi
18:54 / 26.05.2026
Tintuvdan so‘ng yo‘qolgan tillalar – qidiruvdagi sobiq tergovchi ishida yangi tafsilotlar paydo bo‘ldi
08:20 / 25.05.2026
Buxoroda sog‘liqni saqlash tizimidagi korrupsion sxema fosh etildi
21:35 / 21.05.2026