Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston Falastin bilan siyosiy muloqotni kuchaytirishga tayyor
2026 yil 27 yanvar kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Fath harakatining ijro qo‘mitasi bosh kotibi Jibril Mahmud Muhammad Rajab bilan uchrashuv o‘tkazib, O‘zbekiston–Falastin munosabatlari istiqbollari va hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildi.
Foto: Telegram / bakhtiyor_saidov
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Fath ijro qo‘mitasi bosh kotibi Jibril Mahmud Muhammad Rajab bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda vazir o‘zining telegram kanalida ma’lum qildi.
Uning qayd etishicha, muzokaralar davomida O‘zbekiston va Falastin o‘rtasidagi munosabatlarning hozirgi holati hamda istiqbollari muhokama qilingan. Tomonlar siyosiy muloqotni mustahkamlash va turli sohalarda hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha fikr almashgan.
Shuningdek, Baxtiyor Saidov O‘zbekiston Falastin xalqining tinchlik, barqarorlik va izchil taraqqiyotga erishishga qaratilgan intilishlarini doimo qo‘llab-quvvatlab kelayotganini ta’kidlab, G‘azodagi aholi ravnaqi va farovonligi yo‘lidagi insonparvarlik sa’y-harakatlariga ko‘maklashishga sodiqlik yana bir bor tasdiqlanganini bildirgan.
Mavzuga oid
21:38 / 12.03.2026
Tashqi ishlar vazirligida Ko‘rfaz arab davlatlari vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
18:22 / 08.03.2026
Baxtiyor Saidov Erdo‘g‘an bilan uchrashdi
10:23 / 04.03.2026
O‘zbekiston va Eron TIV rahbarlari telefon orqali vaziyatni muhokama qildi
19:34 / 01.03.2026